Muzaffar Jalolov IUT ning yangi rektori v.b. etib tayinlandi
13.08.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
O‘zbekiston Hukumati 2018-yilning 11-avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) rektori vazifasini bajaruvchisini tayinladi.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, Muzaffar Jalolov, Toshkent shahridagi Inha universiteti tarixidagi uchinchi rektor bo‘ldi. Rektor lavozimiga tayyorlanishidan oldin, u Fan-Texnika va Marketing Tadqiqotlari Markazi (UNICON.UZ.) direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Ta’kidlab o‘tamiz, Muzaffar Jalolov IUT rektori lavozimida Sarvar Babaxodjayev o‘rnini egalladi. IUT tarixida ikkinchi rektor bo‘lgan Sarvar Babaxodjayev joriy yilning iyun oyida Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Xalq ta’limi vaziri bo‘lib ishlayotgan Sherzod Shermatov IUT ning birinchi rektori bo‘lgan.