«Elektron hukumat» markazi va Iqtisodiy tadqiqotlar o‘tkazish markazi AKTni rivojlantirish uchun tadqiqotlar o‘tkazishadi
13.08.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi va Iqtisodiy tadqiqotlar o‘tkazish markazi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Hujjatni imzolashdan maqsad – axborot texnologiyalari sohasidagi o‘zaro aloqalarni kengaytirish va ikki taraflama hamkorlikni mustahkamlash.

Hujjatga asosan AKT sohasini va «elektron hukumat» tizimini tahlil qilish va prognozlash ishlari amalga oshiriladi.
Shuningdek, Memorandumda quyidagi yo‘nalishlarda o‘zaro aloqa qilish belgilandi:

— AKTni rivojlantirishda, iqtisodiyotni raqamlashtirishda hamda bilim jamiyatini yaratishdagi konsepsiyalarni, strategiyalarni, dastur va rejalarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

— Elektron hukumatni targ‘ib qilish va davlat xizmatlari taqdim etilishini sifatini oshirish uchun innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish.

Tomonlar hamkorlikda AKTni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali O‘zbekiston Respublikasida AKTni rivojlantiradilar hamda raqamli iqtisodiyot, «aqlli shahar» va innovatsion infrastruktura loyihalari doirasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazishadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq