Tariflar tezlanish olib pasaymoqda
10.08.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
9-avgust kuni «O‘zbektelekom» AK bosh direktori v.v.b Shuhrat Kadirov tomonidan mobil va mahalliy tarmoq aloqa operatorlari va provayderlariga cheklanmagan hajmdagi trafikning 1 Mbit/s uchun UZTELECOM Internet-kanallari tariflarini 176 682 so‘mdan 169 065 so‘mgacha pasaytirish to‘g‘risida qaror imzolandi.
Bir oyda Kompaniya ikkinchi marta Xalqaro paketli kommutatsiya markaziga ulangan operatorlar va provayderlar uchun tariflarni pasaytirmoqda. Bundan avval tariflarning pasayishi 19 iyul kuni e’lon qilingan. Unga ko‘ra tariflarning narxi 1 Mbit/s uchun 244 958 so‘mdan 176 682 so‘mgacha pasaytirilgan edi. Shunday qilib, narxlarning umumiy arzonlashishi 31% ni tashkil etdi.
Ta’kidlab o‘tamiz, har bir mobil aloqa operatori va provayder taqdim etuvchi xizmatlarining oxirgi iste’molchi uchun narxlarini mustaqil ravishda belgilaydi.