Internetda xavfli Momo o‘yini paydo bo‘lgan!
10.08.2018
Rukn: Internet.
Muallif: .

Internetda tarqatilgan ma’lumotlarga ko‘ra What’s App messenjeri orqali tarqalayotgan MOMO o‘yini bir necha mamlakatlarni qamrab olgan. Meksikaning Tabasko shtati Bosh prokuraturasi bu haqda ogohlantirish bilan murojaat qilgan.

Argentinaning Buenos-Ayres shahrida 12 yoshli qizaloq o‘z joniga qasd qilgandan keyin ushbu o‘yinning inson ruhiyatiga salbiy ta’siri haqida jiddiy gapirila boshlandi. Ushbu holat bo‘yicha surishtiruv olib borayotgan politsiya xodimlari o‘smirning telefonida Momo o‘yini borligini aniqlashgan.

Xorijiy saytlarning yozishicha, o‘yin yaratuvchilari o‘z mijozlarini avval ijtimoiy tarmoqlar va forumlardan izlab topadi. Shundan so‘ng, o‘smirlarga qo‘rqinchli fotosuratlar va zo‘rlash sahnalari bo‘lgan videotasvirlar yuboradilar va sekin-asta turli buyruqlarni bajarishni talab qila boshlaydilar, mijozga oid turli ma’lumotlarni yuborishni so‘raydilar. Agar mijoz rad etadigan bo‘lsa, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘rqitish yo‘liga o‘tadilar.

Xo‘sh, Momo aslida kim? Ma’lum bo‘lishicha o‘yin asoschilari yapon rassomi Midori Xayasining skulpturalaridan foydalanadilar. Lekin rasmdagi qiyofaning aslida o‘yinga aloqasi yo‘q.

Hurmatli ota-onalar, aziz bolajonlar! Ehtiyot bo‘ling, Internet tarmog‘ida foydali ma’lumotlar bilan birga ana shunday g‘arazli niyatlarda yaratilgan resurslar ham yo‘q emas. Agar messenjeringizdagi kontaktlaringiz orasida Momo paydo bo‘lib qolsa, uni darhol bloklab qo‘yishni unutmang!

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq