MITC, «ATLAS International AG» hamda «Jenoptik Robot GmbH»: «xavfsiz shahar» qurish yo‘lidagi hamkorlik
09.08.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida «ATLAS International AG» hamda «Jenoptik Robot GmbH» kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda yurtimizda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi zamonaviy tizimlarni joriy qilishga yo‘naltiriluvchi investitsion loyihani amalga oshirish muhokama qilindi.

Jumladan, «ATLAS International AG» kompaniyasi vakili Artur Konrad O‘zbekiston tomonini xalqaro standartlar asosida yo‘l harakati qoidalarini avtomatik qayd etuvchi foto- hamda videoaniqlash tizimlarini ishlab chiqarish va tatbiq etish bo‘yicha ma’lumot berdi.

Xususan, mutaxassis kompaniyalar «Xavfsiz shahar» dasturiy kompleksi doirasida ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi axborot tizimlarini yaratishga sarmoya kiritishga roziligini ma’lum qildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq