IUT Uzluksiz ta’lim markazining Tayyorlov kurslarini tanlash uchun 5 ta sabab
09.08.2018
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Bo‘lajak abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlariga tayyorgarlikni boshlash vaqti ham keldi. Shubhasiz, imtihonlarga tayyorgarlik universitetga qabul qilinishning muhim bosqichlaridan biridir.

Hozirda bozorda turli predmetlar bo‘yicha kurslarni taklif etadigan ko‘plab ta’lim markazlari mavjud. Bunday tashkilotlardan biri Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) ning Uzluksiz ta’lim markazidir.

IUT ning Uzluksiz ta’lim markazi abituriyentlarni Toshkent shahridagi Inha universitetining imtihonlariga, shuningdek, turli texnik oliy ta’lim muassasalarining kirish imtihonlariga tayyorlashga ixtisoslashgan.

Bugungi kunda IUT ning Uzluksiz ta’lim markazi matematika, fizika va ingliz tili kabi fanlardan o‘quv kurslarini taklif etadi. Qayd etamiz, agarda abituriyent Toshkent shahridagi Inha universitetining «Kompyuter va dasturiy injiniring» fakultetiga kirmoqchi bo‘lsa, IELTS i TOEFL sertifikatlaridan tashqari matematika va fizika fanlaridan, «Logistika» fakulteti uchun esa faqatgina matematikadan imtihon topshiradi. Olingan bilimlari orqali tinglovchilar yurtimizdagi boshqa oliy ta’lim muassasalariga bo‘ladigan kirish imtihonlarida ham qo‘l kelishi mumkin.

Nega abituriyentlar boshqa ta’lim markazlarining emas, aynan IUT Uzluksiz ta’lim markazining Tayyorlov kurslarini tanlashlari lozim? Buning bir qancha sabablari mavjud:

Ta’lim jarayonining qattiq nazorat qilinishi

IUTning Uzluksiz ta’lim markazi butun ta’lim jarayonini qattiq nazorat qiladi. Har bir semestr yakunida tinglovchilar majburiy tarzda imtihon topshirishadi va faqatgina imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilar tayyorlov kurslaridagi o‘qishlarini davom ettirish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi. Imtihondan o‘tmagan tinglovchilar kurslarni tashlaydilar. Bu yana bir bor IUT ning Uzluksiz ta’lim markazi asosiy urg‘uni tinglovchilarni tayyorlashga qaratayotganligidan dalolatdir.

Toshkent shahridagi Inha universitetiga kirish uchun ikkita imkoniyat

Faqatgina Toshkent shahridagi Inha universiteti Tayyorlov kurslarining tinglovchilari mazkur universitetga kirish imtihonlarini topshirmasdan turib, talaba bo‘lishlari mumkin.

Kurs yakunlari bo‘yicha tinglovchilar yakuniy imtihonlarni topshiradilar hamda 60 foizdan yuqori ball to‘plagan va eng yaxshi tinglovchilarning dastlabki 30 foizi qatoridan o‘rin egallagan tinglovchilar Toshkent shahridagi Inha universitetining talabasiga aylanadilar.

Bunda qayd etish lozimki, kasb-hunar kollejlari hamda akademik litseylarining birinchi va ikkinchi bosqich o‘quvchilari, umumta’lim maktablarning 10-sinf o‘quvchilari hali ta’lim muassasasini tamomlamay turib, yakuniy imtihon natijalariga ko‘ra universitet talabalari bo‘lishlari mumkin. Faqatgina bu talabalar litsey, kollej yoki maktabni bitirib, diplom va attestet olganlaridan so‘ng universitetga qabul qilinadilar.

Toshkent shahridagi Inha universitetiga kirishni niyat qilgan abituriyentlar uchun ta’limning tanlangan yo‘nalishi bo‘yicha majburiy va ixtiyoriy fanlar mavjud. Masalan, agarda abituriyent «Kompyuter va dasturiy injiniring» fakultetiga kirmoqchi bo‘lsa, u matematika va fizika fanlarini tanlashi zarur, «Logistika» fakulteti uchun esa — matematika va ingliz tili.

Shuningdek, tinglovchilar Toshkent shahridagi Inha universitetining asosiy imtihonlarida ham qatnashish imkoniyatini saqlab qoladilar.

Universitet muhitini his qilish

Uzluksiz ta’lim markazining Tayyorlov kurslari Toshkent shahridagi Inha universitetida o‘tkaziladi, bu holat esa tinglovchilarga oliy ta’lim muassasasining muhitini his qilish imkonini beradi.

Betakror tayyorlov dasturi

IUTning Uzluksiz ta’lim markazi betakror tayyorlov dasturini taklif qiladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad kirish imtihonlariga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish hamda kelajakda IUT da muvaffaqiyatli o‘qish uchun mustahkam poydevor qo‘yishdir.

Markaz tajribali va yuqori malakali o‘qituvchilarni jalb qiladi hamda o‘quv jarayonini qattiq nazorat qiladi.

Yuqori natijalar

Uzluksiz ta’lim markazi Tayyorlov kursi tinglovchilari yuqori natijalarni ko‘rsatib, O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning turli oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirmoqdalar. 2017-yili Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) qoshidagi Uzluksiz ta’lim markazi Tayyorlov kursi tinglovchilarining 94 foizi talaba bo‘lishdi. Jumladan, 73 foiz tinglovchilar IUT ga kirishdi. Markaz xodimlari bu yil mazkur ko‘rsatkich yana ham yuqoriroq bo‘lishiga umid qilmoqdalar.

Solishtirish uchun 2016-yili Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) qoshidagi Uzluksiz ta’lim markazi Tayyorlov kursi tinglovchilarining 82 foizi talaba bo‘lishdi, ularning 61 foizi IUT ga kirdi.

IUT qoshidagi Uzluksiz ta’lim markazining Tayyorlov kurslarida ta’lim qanday olib boriladi

Uzluksiz ta’lim markazi 9 oy davom etadigan bir yillik hamda 18 oy davom etadigan ikki yillik o‘quv dasturlarini taklif etadi. Mashg‘ulotlar haftasiga 2 yoki 3 marta o‘tkaziladi. Shuningdek, tezkor kurslar (haftasiga 5 marta) ham mavjud. Mashg‘ulotlar davomiyligi 90 daqiqa. O‘quv kurslari ertalab va kechki payt o‘tkaziladi.

Оnlayn ro‘yxatdan o‘tish

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq