“Zomin tog‘-archa davlat qo‘riqxonasi” pochta markalari turkumining chiqarilishi haqida
08.08.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2018-yil 6-avgustdan “Zomin tog‘-archa davlat qo‘riqxonasi” turkumi muomalaga chiqarildi.
Turkum kichik varaq ko‘rinishida bo‘lib, 8 ta pochta markasidan iborat. Pochta markalarida Zomin tog‘-archa davlat qo‘riqxonasida yashovchi hayvonlar va o‘simliklar tasvirlangan.
Kichik varaqda o‘zbek tilidagi lotin grafikasida “Zomin tog‘-archa davlat qo‘riqxonasi” yozuvi joylashgan. Hayvonlarning va o‘simliklarning nomlari lotin tilida berilgan. Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarining o‘lchami 40×40 mm. Kichik varaqning o‘lchami 200×120 mm. Adadi 8 ming nusxa. Rassom – Kim A., dizayner – Kanives Ye.
Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.
1310. «Corvus corax» Nominali – 900 so‘m
1311. «Sus scrofa» Nominali – 1000 so‘m
1312. «Juniperus» Nominali – 1800 so‘m
1313. «Vulpes vulpes» Nominali – 2700 so‘m
1314. «Eremurus» Nominali – 2800 so‘m
1315. «Alectoris chukar» Nominali – 3200 so‘m
1316. «Ziziphora» Nominali – 3400 so‘m
1317. «Noctuidae» Nominali – 3700 so‘m