“O‘zbekiston markalarida sport” turkumining chiqarilishi haqida
08.08.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2018-yil 6-avgustdan “O‘zbekiston markalarida sport” turkumining maxsus pochta markalari muomalaga kiritildi.
Pochta markalari Jakarta shahrida o‘tkaziladigan XVIII Osiyo o‘yinlariga bag‘ishlangan. Pochta markalarida kurash va futbol sport turlaridan fragmentlar tasvirlangan. Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarining o‘lchamlari 42×30 mm. Adadi 8 ming nusxa. Dizayner — Yusupaliyev U.
Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.
1318. Kurash Nominali — 2700 so‘m
1319. Futbol Nominali — 2800 so‘m