Mehmonxonalar uchun mijozlarni ro’yxatga oluvchi avtomatlashtirilgan dasturiy ta’minot
08.08.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Dastur mehmonxonalarga tashrif buyuruvchi mijozlarni ro’yxatga olish uchun mo’ljallangan.
Dastur yordamida mehmonxonada istiqomat qilish uchun kelgan mijozlarga mehmonxonada joriy vaqtda bo’sh bo’lgan xonalarni ko’rsatish va ular tanlagan xonaga ularni pasport ma’lumotlari asosida qayd etib borish kabi amallarni bajarish mumkin. Dasturni istalgan mehmonxonaning mijozlar bilan ishlash bo’limiga tadbiq etish mumkin. Dasturiy moduldan ma’lumotlarni o’chirish, qayta yozish metodikasi yaratilgan va u juda sodda ko’rinishda ifodalangan. Dasturiy modul yuklanuvchi emas hamda kompyuter xotirasidan katta resurs talab etmaydi.
Ushbu dastur mualliflari Xonto’rayev Sardorbek va Akramova Gulyoralarga DGU 05381 raqamli guvohnoma berildi.
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Facebookda bo`lishmoq
Twitterga qo`shmoq
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq