Vestminster universiteti talabalari Markazda malaka oshiradilar
07.08.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi (EHM) hamda Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti (WIUT) o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjat bilan tajriba almashish va birgalikdagi tadqiqotlar orqali elektron hukumat sohasida hamkorlikni rivojlantirishning asoslari belgilab berilgan.

Tomonlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha davlat boshqaruv sohasida o‘zaro aloqa qilishni rejalashtirishmoqda:

— amaliy va innovatsion tadqiqot loyihalari;

— WIUT talabalarini tadqiqotlar o‘tkazishga jalb etish;

— WIUT talabalarining EHMda malaka oshirishini tashkil etish;

— AKTni rivojlantirish sohasida treninglar, seminarlar va anjumanlar o‘tkazish;

— AKT sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini rivojlantirish;

— hamkorlikdagi ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish va boshqalar.

Tomonlar o‘zaro tashriflar, o‘quv safarlarini amalga oshirish, seminarlar va treninglar tashkil etish, ilmiy maqolalar va tadqiqotlar bilan almashinuvni yo‘lga qo‘yish orqali yaqin hamkorlikda ishlashni rejalashtirganlar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq