Ucell: xodimlar haqida qaygʻuradi
07.08.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

21 asr ish jarayonlarining avtomatlashish, aqlli mashinalar va zamonaviy texnologiyalar asridir. Juda koʻp ish jarayonlari allaqachon mexanizatsiyalashgan, ammo inson resurslari avvalgidek muhim rol oʻynaydi va ishonamizki, bundan buyon ham shunday boʻlib qolaveradi. Demak, kompaniyalarda (ayniqsa yiriklarida) mehnat sharoitlari va xavfiszligi masalasi doimo rahbarlar uchun dolzarbligini saqlab qoladi. Xodimlar uchun qulay hamda xavfsiz ish muhitini yaratish salomatlik va xavfsizlik tizimlarining talablarga javob berishini tasdiqlovchi xalqaro sertifikati OHSAS ni qoʻlga kiritgan Ucell uchun ustivor yoʻnalishlardan biri boʻlib qoladi.

Xalqaro miqyosdagi koʻplab kompaniyalar allaqachon ish joyida texnika xavfsizligini ta’minlash hamda mehnat sharoitlarini doimo yaxshilashni nazorat qilish kerakligini tan olishgan. Tashkilotlar uchun bu yoʻnalishni ustivor deb belgilash nima uchun tavsiya etiladi? Bunga sabablar koʻp va ulardan eng muhimi ishlab chiqarish jarayonida baxtsiz hodisalar yuz berishini oldini olishdir. Inson hayotini saqlash ish beruvchi oldida turgan ustivor vazifadir. Ammo 1999 yilgacha xalqaro jamiyat tomonidan tan olingan mehnat xavfsizligi qonun va qoidalari boʻyicha yagona tizim mavjud boʻlmagan. Turli sohalardagi kompaniyalar oʻzaro bogʻliqligi kam boʻlgan oʻz standartlarini yaratishgan. Buning natijasida ushbu masalada tarqoqlik va boshbadoqlik kuzatilgan. Yagona xalqaro standardga boʻlgan oʻtkir talab Britaniya standartlar instituti tomonidan OHSAS 18001 “Occupational Health and Safety Management Systems – Specification” nomli sertifikatni yaratilishiga sabab boʻldi.

Ushbu standart 80 dan ortiq mamlakatlarda tasdiqlangan, jumladan Oʻzbekistonda. Mamlakatning yetakchi kompaniyalari, masalan, LUKOIL Uzbekistan Operating Company” MCHJ, “Ohangaronsement” OAJ, “General Motors Uzbekistan” YAJ, “Uzbekkimyomash” AJ kabi tashkilotlar OHSAS 18001:2007 standarti boʻyicha ishchilar salomatligini saqlash va mehnat xavfsizligini ta’minlashni boshqarish tizimini tatbiq etib sertifikatsiyadan oʻtkazdilar.

Telekommunikatsiyalar sektorida sertifikatsiyadan birinchi boʻlib oʻtgan va hozircha yagona boʻlib turgan kompaniya bu «COSCOM» MChJ XK dir (Ucell savdo belgisi). Ushbu voqea 2015 yilda, kompaniya tashqi audit tekshiruvidan oʻtib uch yil davomida xalqaro standartlar talablariga javob berishini tasdiqlovchi sertifikatni qoʻlga kiritganda roʻy berdi. Va mana 2018 yil iyul oyida kompaniya bir qator yangi tekshiruvlardan, jumladan ichki va tashqi audit tekshiruvidan oʻtib OHSAS xalqaro standartlariga javob beruvchi telekommunikatsiyon kompaniya nomiga ega ekanini tasdiqladi.

— Ucell OHSAS standarti tekshiruvidan oʻtgan nafaqat Oʻzbekistondagi, balki Markaziy Osiyo yoki MDH davlatlaridagi birliklarni ichiga oluvchi Telia Company oilasida ham birinchi uyali aloqa operatoriga aylandi, – dedi Nigar Huseynzade, xodimlarni boshqarish va ma’muriy masalalar departamenti direktori. – Bizning birinchi navbatdagi maqsadimiz mehnat jarayonida xodimlar va ularning xavfsizligi haqida qaygʻurishdan iboratdir. Shuning uchun biz 2015 yilda OHSAS tizimini ishlab chiqib ishxonamizda yoʻlga qoʻydik. Tizim asosida biz doimiy ravishda ish joyida xatarlarni aniqlash ustida ishlaymiz, shundan soʻng ushbu xatarlarni yoʻqotish ustida ishlaymiz. Masalan, kompaniya xodimlariga ish maqsadlarida avtoulovlar taqdim etadi, yoʻllarda esa jarohatlanish xavfi mavjud boʻladi. Shuning uchun kompaniyaning barcha avtoulovlarida GPS navigatsiya tizimi va tezlikni cheklash tizimi oʻrnatilgan. Shahardagi cheklov 70km/soat, shahardan tashqarida esa 90 km/soat. Tezlik rejimini buzganda xodim bilan tushuntirish ishlari olib boriladi va bu hol qaytarilsa u ikki haftaga avtoulovni boshqarishdan mahrum etiladi. Ushbu holat yana qaytarilsa avval bir oyga mahrum etiladi, keyin esa umuman ruxsat berilmaydi. Kompaniya avtouloviga ilk marta oʻtirgan xodimlarga batafsil yoʻriqnomalar berilib, yoʻl harakati qoidalarini qay darajada bilishi tekshiriladi. Ushbu tadbirlar nafaqat xodimlarimizning xavfsizligini ta’minlaydi, balki yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilari uchun, xoh piyodalar, xoh haydovchilar boʻlsin, noxush holatlarga tushish xatarini kamaytiradi.

Kompaniyada xodimlar salomatligiga ham yetarlicha e’tibor qaratiladi. Ucell kompaniyasining har bir xodimi (1200 dan koʻproq xodim) har yili tibbiy koʻrikdan oʻtadi. Biror kasallik aniqlangan taqdirda xodim davolanishga yuboriladi. Agar kasallik biror bir aniq sababga koʻra ishlash imkoniyatini bermasa, xodimga salomatligini xatarga qoʻymasdan ishlash imkoniyatini beruvchi muqobil lavozimga oʻtish taklif etiladi.

Xodimlarning ish oʻrinlari davlat va xalqaro standartlarga koʻra kerakli anjomlar bilan jihozlangan. Ishga joylashganda yangi xodim bilan majburiy tarzda texnika xavfsizligi boʻyicha trening oʻtkaziladi va tegishli videoroliklar koʻrsatiladi. Insonlar bilan doimiy aloqada boʻluvchi front ofis xodimlari uchun birinchi tez yordam koʻrsatish va favqulodda holatlarda oʻzini qanday tutish qoidalari boʻyicha maxsus mashgʻulotlar oʻtkaziladi.

Mehnat xavfsizligini nazorat qilish masalasida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi boʻyicha muhandis Shavkat Rajabaliev shunday deydi:

— Koʻp hollarda insonlar kerakli bilim va koʻnikmalarning yoʻqligi yoki himoya vositalarining yetishmasligi sabab mehnat xavfsizligi qoidalariga e’tiborsizlik qiladilar. Shunga binoan, kompaniyamizda turli mashgʻulotlar oʻtkaziladi va yoʻriqnomalar tarqatiladi, shuningdek ehtimoliy xatarlar va ularni bartaraf etish mavzusida suhbatlar uyushtiriladi. Undan tashqari, kompaniya xodimlar xavfsizligini ta’minlash uchun himoya vositalarining toʻliq toʻplami taqdim etiladi. Masalan, koʻpincha balandlikda ishlovchi bazaviy stansiyalardagi uskunalar bilan ishlaydigan mutaxassislar shular jumlasidandir. Shuning uchun majburiy tarzda himoya kamarlari va maxsus kiyim-bosh beriladi, maxsus ishchi guruh esa mehnat xavfsizligi texnikasi bilan bogʻliq yoʻriqnomalarning bajarilishini nazorat qiladi. Yoki masalan, kompaniyaning barcha ofislarida “Hoʻl pol” kabi ogohlantiruvchi belgilar yoki rozetkalar ustida kuchlanishni koʻrsatuvchi yozuvlar koʻrsatiladi. Koʻpchilik buni e’tiborga molik boʻlmagan mayda ishlar deb hisoblaydi lekin aynan shu mayda ishlar orqali xavfsizlik ta’minlanadi.

Har yarim yilda Ucell kompaniyasida har bir xodim faoliyatidagi xatarlarni aniqlash va baholash oʻtkaziladi. Mehnat sharoitlari oʻzgargan taqdirda xatarlarni qayta koʻrib chiqish amalga oshiriladi va tegishli tarzda ushbu xatarlarning sugʻurtasi ham qayta koʻrib chiqiladi, ya’ni ichki audit tinmay amalga oshiriladi. Kuzatuvchi (tashqi) audit shveysariyaning SGS Tashkent Ltd kompaniyasi xodimlari tomonidan har yili amalga oshiriladi. Har bir department, har bir departament faoliyatini oʻrgangan holda auditorlar kompaniya ichki mehnat tartibining mehnat xavfsizligi boʻyicha dunyo standartlariga qanchalik mos kelishini aniqlaydilar. Uch yilda bir marta yirik audit oʻtkaziladi va kompaniya xodimlar salomatligi muhofazasi va mehnat xavfsizligini ta’minlash boʻyicha xalqaro talablarga javob bersa, OHSAS 18001:2007 sertifikati yana 3 yilga uzaytiriladi.

Xavfsizlik va mehnat sharoitlari standartlariga mos kelishga intilish Ucell kompaniyasiga yanada yaxshilanishga, xavfli ishlab chiqarish holatlarini aniqlab ularni bartaraf etishga, xodimlar hayoti va xavfsizligi bilan bogʻliq xatarlarni yoʻqotishga yordam beradi. Aynan shu sababli ham OHSAS sertifikatini olish kompaniya uchun gʻurur masalasi hisoblanadi va mamlakatda telekommunikatsiya sektorining yanada gullashiga umid bagʻishlaydi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq