Аmal qilayotgan POS-terminallar 6 oy davomida fiskal modullar bilan jihozlanadi
07.08.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Savdo nuqtalari egalari o‘z faoliyatlarini yuritishlarida fiskalizatsiyadan o‘tishlari uchun qo‘shimcha uskunalar bilan jihozlanmaydilar. Nazorat-kassa mashinalarini fiskalizatsiyalash uchun fiskal modulini joylashtirish va Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy saytida ro‘yxatdan o‘tish kifoya.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fiskal xotirali nazorat-hisob mashinalarini kelgusida joriy qilish to‘g‘risidagi chora-tadbirlari” hamda “Idoraviy axborot tizimlarini tezkor integratsiyalash va innovatsion loyihalarni amalga oshirishga tegishli tashkiliy choralar” to‘g‘risidagi Farmoniga binoan, Respublikada budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga soliq to‘lovchilar hisobidan budjet daromadlarini oshiruvchi “onlayn” nazorat-hisob mashinalar tizimini joriy qilish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Ushbu Farmonga binoan, loyihaning boshlang‘ich tartibi, fiskal modulga qo‘yilgan talab, soliq to‘lovchining “Shaxsiy kabinet” orqali fiskal modulni ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-qoidalari hamda «Fiskal Ma’lumotlarni Avtomatizatsiyalash Tizimi» mas’uliyati cheklangan jamiyatini fiskal modul operatori deb belgilanishi tasdiqlandi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, “UZINFOCOM” davlat axborot tizimilarini qo‘llab-quvvatlash va tashkil etish bo‘yicha Yagona integrator” hamda “Yagona umumrespublika protsessing markazi” tomonidan maxsus tashkil etilgan FMO operatorining asosiy maqsadi 6 oy davomida yakunlanishi rejalashtirilgan loyihani amalga oshirish va keyinchalik “onlayn” nazorat-hisob mashinalarini tizimini joriy etishdan iboratdir.

Onlayn nazorat-hisob mashinalari tizimi onlayn tartibda hisob-kitob xabarlari yetkazilishini ta’minlash uchun texnik jihatdan talablarga javob berishi kerak. Buning uchun amaldagi barcha nazorat-hisob mashinalari parkini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash talabi kuzatiladi. Biroq yangi jihozlar bilan jihozlanish ko‘psarf tadbir hisoblanib, xo‘jalik subyektlari tomonidan uzoq muddat davomida joriy etiladi. Barcha kamchiliklar inobatga olinib, loyihani amalga oshirishda sarflanadigan vaqt va harajatlarni maksimal darajada tejash rejalashtirilmoqda. Buning uchun amaldagi hisob terminallari onlayn nazorat-hisob mashinalari funksiyasi bilan ta’minlanadi. Hisob terminallari hamda onlayn nazorat-hisob mashinalari funksiyasini birlashtirilishi ushbu loyihaning qulayligini belgilaydi.

Fiskal mashinalar modulini yaratish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi hududida tasdiqlangan tegishli axborot havfsizligi talablariga mos ravishda amalga oshiriladi. Jumladan, qo‘yilgan maqsadga etishish uchun bir qator vazifalarni bajarish o‘rinlidir. Bulardan biri onlayn nazorat-hisob tizimi orqali Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini nazorat qilish imkoniyatining paydo bo‘lishidir.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi real vaqt ichida onlayn nazorat-hisob mashinalaridan kelib tushgan birlamchi ma’lumotlarni qabul qilish va to‘liq hajmda saqlash, shuningdek, ushbu loyiha ishtirokchilariga tegishli ma’lumotni rasmiy saytda chop etish kabi ma’suliyatli vazifalarni o‘z zimmasiga oladi.

Nazorat-hisob mashinalarini fiskal modul bilan jihozlash uchun quyidagi talablarni bajarilishi o‘rinli:

— Soliq to‘lovchilar o‘z shaxsiy kabinetlarida ishlatiladigan fiskal modulini ro‘yxatdan o‘tkazish;

— Loyiha amalga oishirilishi jarayonida mahsulot va xizmatlarga belgilangan to‘lovlarni fiskal modulini qo‘llab-quvvatlovchi nazorat-hisob mashinalari orqali qabul qilish;

— onlayn nazorat-hisob mashinalari nosoz holatga kelganida Davlat soliq xizmatlari mutassaddi organlarini xabardor etish;

— Onlayn nazorat-hisob mashinalari ishini uzluksiz ta’minlash.

Loyihada ishtirok etish majburiy emas. Savdo-sotiq va xizmatlar ko‘rsatish sohasida o‘z faoliyatini olib boruvchi tadbirkorlik subyektlari soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabineti orqali fiskal modul belgilangan talablarga binoan ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng loyiha ishtirokchisiga aylanadi. Tabdirkorlik subyektlari kelgusida fiskal moduldan foydalanish uchun belgilangan 1 yil mobaynida aboniment to‘lovidan ozod etilishi mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq