O‘zbekistonda pensionerlar uchun ID-karta joriy etiladi
06.08.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Bugungi kunda mamlakatimizda «SMS-pensiya» xizmati orqali fuqarolarga ularning pensiya miqdorlari, to‘lov amalga oshirilganligi, shuningdek, Prezident farmoniga asosan oshirilgan pensiyalar to‘g‘risida bepul SMS xabarlarni olish imkoniyati yaratilgan. Ushbu xizmatdan hozirda 1,8 mln. pensioner foydalanmoqda.

Shuningdek, Moliya vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, pensiya va nafaqa oluvchilarning shaxsini tasdiqlash hamda naqd pul shaklidagi to‘lovlari avtomatlashtirish maqsadida pensionerlarning elektron guvohnomasi — ID-kartasini joriy qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Aytish kerakki, 2018-yil yakuniga qadar korxonalar pensionerni ishga qabul qilganligi to‘g‘risida Pensiya jamg‘armasiga faqat elektron shaklda xabar yubora boshlashadi, bu ortiqcha qog‘ozbozlikdan qutilishga yordam berishi tayin. Bundan tashqari, 2018-2019 yillarda «Elektron hukumat», Sug‘urta badali to‘lovchilarning shaxsiy hisobini yuritish bazasi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi ma’lumotlar bazasi bilan axborot almashinuvlarini yo‘lga qo‘yish orqali masofaviy tarzda (jamg‘armaga kelmasdan), ariza berish orqali pensiya va nafaqalarni tayinlash imkoniyatini yaratish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Pensiya» dasturiy majmuasi 3,3 mln.dan ortiq pensiya va nafaqa oluvchilar to‘g‘risidagi yagona ma’lumotlar bazasini o‘ziga qamrab olgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq