Davlat Bojxona qo‘mitasi tomonidan ko‘rsatiladigan ayrim xizmatlar o‘chirildi!
06.08.2018
Rukn: Internet.
Muallif: Jurnal tahririyati.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-apreldagi “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib – taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5409-son hamda 2018-yil 12-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5414-son farmonlari bilan bojxona organlari tomonidan ko‘rsatiladigan ayrim turdagi ruxsat berish tartib-tamoyillarini nazarda tutuvchi xizmatlar bekor qilinishi belgilangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron tarzda Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan ko‘rsatilayotgan quyidagi xizmatlarning ko‘rsatilishi to‘xtatilishini ma’lum qilamiz:
1) Bojxona brokeri sifatida faoliyat olib borishga ruxsatnoma olish uchun elektron ariza taqdim etish;
2) Yuklarni vaqtincha olib kirish (chiqish)ga ruxsat olish uchun elektron ariza taqdim etish;
3) Reimport bojxona rejimi ostida tovarlarni joylashtirishga ruxsatnoma olish uchun elektron ariza taqdim etish;
4) Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositasining O‘zbekiston Respublikasi hududida harakatlanish yo‘nalishlarini o‘zgartirishga ruxsatnoma olish uchun elektron ariza taqdim etish;
5) Reeksport rejimiga ruxsat olish uchun elektron ariza taqdim etish;
6) Bojxona hududida qayta ishlash rejimi ostida tovarlarni joylashtirish yoki bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash haqida ruxsatnoma olish uchun elektron ariza taqdim etish.