«Mirzo Ulugbek Innovation Center» bilan o‘zaro ko‘maklashish bitimi imzolandi
04.08.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Imzolangan kelishuv doirasida «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi hamda «Mirzo Ulug‘bek innovation Center» innovatsiya markazi (innovatsiya markazi) elektron hukumat konsepsiyasini amalga oshirish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha o‘zaro aloqalar yo‘lga qo‘yiladi. Hujjat ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida xizmat qilishi ko‘zlangan.

Tashkilotlar o‘zaro quyidagi masalalar yuzasidan uzoq muddatli va samarali ish olib borishi belgilangan:

— АKT sohasini rivojlantirishda davlat-xususiy sherikligini yo‘lga qo‘yishga e’tibor qaratish;

— MUIC rezidentlarini ishtirokchilar tariqasida marketing tadqiqotlariga jalb etish;

— AKT bozori va investitsiya oqimlarining o‘zgarishi bo‘yicha statistik ma’lumotlarni almashish;

— sohadagi muammoli masalalarni o‘rganish va ularning echimini birgalikda izlash;

— blokcheyn va kriptovalyutalar texnologiyalari sohasida har tomonlama hamkorlik qilish;

— «Aqlli shahar», «Aqlli mahalla» texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish va boshqalar.

«Bitimni imzolanishi bilan ko‘p sohalarda birgalikda faoliyat yuritishimiz uchun asoslar yaratildi. AKT bo‘yicha amalga oshiriladigan ilmiy ishlar, monitoring, marketing tadqiqotlariga endi Innovatsiya markazi rezidentlarini ham jalb etishimiz mumkin. Qolaversa, sohada amalga oshirilayotgan va rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarga birgalikda baho berish imkoniga ega bo‘lamiz» — deydi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi Innovatsion va marketing tadqiqotlari departamenti rahbari Firuza Abdurahimova.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq