Davlat xaridlari, axborot xavfsizligi siyosati va xorijiy kompaniyadan taqdimot
04.08.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Joriy yilning 2-avgust kuni Aloqa tarixi muzeyida «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi tomonidan o‘tkazib kelinadigan navbatdagi haftalik kollegial seminar bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining AKTga ixtisoslashgan tarkibiy bo‘linmalari va mutaxassislari qatnashdi.

Tadbirni «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi direktor o‘rinbosari F. Aripjanov ochib berdi.

Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqarish milliy agentligi hamda Respublika Tovar-xom ashyo birjasi vakillari «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonunning mazmun mohiyati va qonunosti hujjatlari hamda E-xarid portalida savdo qilish mexanizmi, bo‘yicha taqdimot o‘tkazdilar. Taqdimot jarayonida foydalanuvchilar tomonidan xarid-reja jadvallarining to‘liq joylashtirilishi, tanlov va tender hujjatlarining Qonun va nizom talablariga muvofiq yuritilishi, tovarlarning texnik parametrlari, alohida shartlari batafsil ko‘rsatilishi shartligi haqida alohida takidlab o‘tildi.

So‘ngra Rossiya Federatsiyasining DVTECH MChJ mutaxassislarining ochiq ma’lumotlarni shakllantirish va katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlashga mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlar va ularning texnik imkoniyatlari haqidagi taqdimoti o‘tkazildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot va jamoat xavfsizligi markazi mutaxassislari ishtirokida «Axborot xavfsizligi» siyosatini ishlab chiqishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan davra-suhbati tashkil etildi.

Bo‘lib o‘tgan taqdimotlar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi hamda shu shakldagi amaliy seminarlarni ko‘proq tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritildi.

Eslatib o‘tamiz. «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi tashabbusi bilan muntazam ravishda o‘tkaziladigan kollegial seminar har safar sohasidagi dolzarb mavzularga bag‘ishlanadi. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari vakillari seminar mavzularini tanlash bo‘yicha o‘z takliflarini kiritishlari mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq