Huawei 2017 yil uchun barqaror rivojlanish to‘g‘risidagi hisobotni nashr qildirdi
03.08.2018
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Huawei Kompaniyasi o‘tgan yil davomida o‘zi tomonidan amalga oshirilgan dasturlar aks ettilirilgan «Barqaror rivojlanish 2017» (2017 Sustainability Report) hisobotini nashr ko‘rinishida e’lon qildi. U to‘rt yo‘nalishdagi ishni o‘z ichiga oladi: raqamli tengsizlikni bartaraf etish; tarmoqning barqarorligini va xavfsizligini qo‘llab-quvvatlash va maxfiylikni himoya qilish; atrof-muhit himoyasini ommalashtirish va sog‘lom ekotizim yaratish. Huawei o‘zining barqaror rivojlanishida, BMT tomonidan qo‘yilgan maqsadlarni ko‘zda tutib, o‘z faoliyatini ularga muvofiq amalga oshiradi.

«Huawei Kompaniyasi to‘plagan bilimi va tajribalarini barqaror, salohiyatli va mukammal aloqa dunyosini yaratish uchun yo‘naltirishga harakat qilib kelmoqda. Biz har bir inson, har bir oila va har bir kompaniya yangi texnologiyalar va aloqa afzalliklaridan foydalanishi mumkin bo‘lgan kelajakni ko‘z oldimizga keltirmoqdamiz», – dedi Huawei Kompaniyasining Raisi Govard Lyan (Howard Liang).

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari dunyo miqyosida barqaror rivojlanishga erishishning asosiy mexanizmiga aylandi. Huawei yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilib, o‘z ishlanmalari natijalaridan keng foydalanish imkoniyatlarini ochib, ilmiy tadqiqotchilik va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga investitsiyalar kiritgan holda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Huawei 2017-yildagi WTTx («uy xo‘jaliklarigacha keng tasmali simsiz aloqa») revolyutsion yechimi «so‘nggi milya»ni aholi zich joylashgan shahar tipidagi tumanlarda ham, aholi siyrak joylashgan qishloq tumanlarida ham ulash muammosini hal qilishga yordam berdi. Mazkur yechim ulanish xarajatlarini 75% qisqartiradi va tarmoqni ishga tushirishni 90 foizga tezlashtiradi.

Shuningdek, Kompaniya dunyoning 8ta mamlakatida 12ta aloqa operatorlarining qishloq tarmoqlari uchun RuralStar 2.0 yechimini ham ishga tushirdi. Mazkur yechim olis viloyatlardagi aholining Internetdan foydalanishi uchun imkoniyat eshiklarini ochib, qishloq joylardagi tarmoq qoplamini yaxshilab beradi. Huawei Mobile Money yechimi o‘z aktivlarini deyarli oshirmagan holda, aloqa operatorlari va banklarga mobil bankingning ishonchli xizmatlarini ko‘rsatish imkonini beradi. Yechim 19ta mamlakatda ishga tushirilgan bo‘lib, 152 mln.dan ortiq foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi. Mazkur yechim moliyaviy xizmatlarni aholi uchun yanada soddaroq va yaqinroq qiladi.

«Biz sodir bo‘layotgan hodisalardan boxabar bo‘lib turish maqsadida, o‘z faoliyatimizni sohaviy amaliyot va ishlanmalar bilan faol tarzda taqqoslaymiz. Shuningdek, biz yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishda o‘z oldimizga yanada ulkan maqsadlar qo‘yish niyatidamiz, chunki bu butun sohaning barqarorligini oshiradi, – deydi Huawei barqaror rivojlantirish kengashi a’zosi Kevin Tao (Kevin Tao). – Kompaniya faqat shu yo‘l bilangina o‘zining tijorat slohiyatini muvozanatli tarzda shakllantirishi va sohaning boshqa «o‘yinchilari» bilan o‘z muvaffaqiyatlarini ulashi mumkin».

Kompaniyaning hisoboti Global Reporting Initiative (GRI) tashkiloti tomonidan tuzilgan “Barqaror rivojlanish bo‘yicha hisobot taqdim qilish bo‘yicha qo‘llanma”ga muvofiq tayyorlangan. Huawei kompaniyasi mustaqil ishonch, haqqoniylik va shaffoflik kafolati sifatida Bureau Veritasning qo‘llab-quvvatlashiga ega bo‘ldi.

«Barqaror rivojlanish 2017» (2017 Sustainability Report) hisobotini havola bo‘yicha topish mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq