My.gov.uz ning «Ko‘chmas mulk» bo‘limida uchta yangi xizmat ishga tushirildi
02.08.2018
Rukn: Internet.
Muallif: .

Ko‘chmas mulk — bu yer uchastkalari, yer osti uchastkalari va yer bilan aloqador bo‘lgan barcha narsalar, ya’ni ko‘chirilishi nomutanosib zarar yetkazmasdan iloji yo‘q bo‘lgan obyektlar, shular qatorida binolar, inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar.

YIDXP my.gov.uz saytiga bir necha marta kursirni bosish orqali ro‘yxatdan o‘tish, ma’lumot olish va onlayn so‘rov yuborish imkoniyatini yaratadi.

YIDXP ga qanday xizmatlar qo‘shildi?

— O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish — xizmatdan foydalanuvchining toifasi jismoniy va yuridik shaxslar;

— Turar-joyning maydoni bo‘yicha ma’lumotnoma olish — Ushbu xizmat turar-joy toifasidagi ko‘chmas mulk obyektlariga ko‘rsatiladi;

— Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish — ART (I qism) — bino yoki inshootning tashqi ko‘rinishiga, qurilishning taxminiy maydonlariga, avtoturargohlar, hududga kirish va chiqish yo‘llariga, kichik me’moriy shakllarning tuzilishi, yer uchastkasining ko‘kalamzorlashtirilishi va obodonlashtirilishiga bo‘lgan umumiy talablarni belgilaydi.

Eslatib o‘tamiz!

Qanday qilib buyurtma va murojaatlarni YIDXP ning eski talqinidan yangi talqiniga ko‘chirish mumkin ekanini blog.index.uz dan bilib olishingiz mumkin.

http://blog.index.uz/uz/2017/11/13/qanday-qilib-buyurtma-va-murojaatlarni-yidxp-ning-eski-talqinidan-yangi-talqiniga-ko-chirish-mumkin/

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq