Jismoniy shaxslar manziliga xalqaro pochta va kur’yerlik joʹnatmalari orqali kelayotgan tovarlar uchun yangi cheklangan me’yorlar belgilandi
01.08.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Oʹzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi «Xalqaro kur’yerlik va pochta joʹnatmalari orqali Oʹzbekiston Respublikasi hududidagi jismoniy shaxslar manziliga kelayotgan tovarlar nazoratini ta’minlash chora-tadbirlari toʹgʹrisida»gi PQ-3873-sonli qaroriga asosan jismoniy shaxslar nomiga xalqaro pochta va kur’yerlik joʹnatmalari orqali kelayotgan, bojxona toʹlovlari undirilmaydigan tovarlar uchun yangi cheklangan me’yorlar belgilandi.

Qarorga asosan endilikda xalqaro pochta joʹnatmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarni majburiy bojxona toʹlovlarisiz olib kirish uchun bir chorak mobaynida cheklangan miqdor 100 (bir yuz) AQSH dollari, xalqaro kur’erlik joʹnatmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarni majburiy bojxona toʹlovlarisiz olib kirish uchun bir chorak mobaynida cheklangan miqdor 1000 (bir ming) AQSH dollari etib belgilandi.

Shuningdek pochta aloqasi operatorlari va provayderlari zimmasiga xalqaro kur’yerlik joʹnatmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar toʹgʹrisida bojxona xizmati organlariga ma’lumot berish majburiyati yuklatildi. Buning uchun oluvchi toʹgʹrisidagi ma’lumotni elektron tarzda oldindan taqdim etish imkonini beruvchi maxsus tizim joriy etiladi va unga oluvchining F.I.SH., manzili, pasport seriyasi, raqami yoki STIR, pochta aloqasi operatori yoki provayderining nomi, joʹnatuvchi davlat, joʹnatmaning tavsifi va uning qiymati kiritiladi.

Mazkur qaror qabul qilingunga qadar pochta va kur’yerlik joʹnatmalari uchun oyiga 1000 AQSH dollari miqdoridagi yagona me’yor amal qilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq