CLICK — DTM-2018 testlarining natijalari ortiqcha hayajonlarsiz!
01.08.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

CLICK kompaniyasi Davlat Test Markazi (dtm.uz) bilan hamkorlikda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalariga topshirilgan imtihonlarning natijalarini o‘z mobil telefonlari orqali bilib olish imkonini beruvchi xizmatni ishga tushirgani haqida mamnuniyat bilan xabar qiladi!

Mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari bu yil bir qator o‘zgarishlar bilan o‘tkaziladi: ular 1-avgustdan 15-avgustga qadar 2 smenada topshiriladi. Shu bilan birga, natijalar imtihonning ertasi kunida e’lon qilinishi ma’lum qilingan.

Davlat Test Markazi bilan hamkorlikda tushirilgan xizmat yordamida bugungi kundan boshlab, test natijalarini bilib olish maqsadida so‘rov yuborilishi mumkin. Test natijalari oshkor qilinganidan so‘ng, javoblar darhol foydalanuvchiga yuboriladi. Diqqatingizni shunga qaratamizki, natijalar oshkor qilinishidan avval qabul qilingan so‘rovlarga birinchi navbatda ishlov beriladi. Abituriyentlar imtihonlarning aniq sanasini, joyini va vaqtini, o‘z pasportining raqamini http://testday.dtm.uz/ saytida kiritib, bilib olishlari mumkin!

So‘rovlar Telegram bot, CLICK Uzbekistan ilovasi yoki USSD-menyu orqali yuborilishi mumkin. Xizmat narxi 2300 so‘m va CLICK tizimiga ulangan kartalaridan bevosita undiriladi.

Telegram orqali javoblarni olish uchun @clickuz botiga /start buyrug‘ini yuborish lozim. Ro‘yxatdan o‘tilgandan so‘ng, «DTM-2018 natijalari» punkti chiqadi. Bu yerga javob varaqasining raqamlarini kiritish lozim.

USSD-menyu orqali natijalarni bilish uchun *880# ni terib, paydo bo‘lgan menyudan «DTM-2018» qismini tanlagan holda, tizimning ko‘rsatmalariga rioya qilishingiz lozim. Beeline mijozlari ushbu xizmatdan USSD-menyu orqali foydalana olmaydilar va ular yuqorida ko‘rsatilgan tizimimizning boshqa interfeyslari orqali foydalanishlari mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq