Vazirlik hamda Saudiya Arabistonining «Ajlan & Bros.» kompaniyasi hamkorlik qiladi
01.08.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning 31-iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Saudiya Arabistonining «Ajlan & Bros.» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda elektron tijorat, onlayn to‘lov, raqamli savdo maydonchalari uchun «aqlli tizim»larni ishlab chiqarish yo‘nalishlarida hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

«Ajlan & Bros.» Bosh menejeri Mohamed Alhas kompaniya O‘zbekistonda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun yuqori salohiyat ko‘rayotganini ta’kidlab o‘tdi.

«Kompaniya faoliyatini xalqaro bozorga olib chiqib maqsadida ayni kunlarda uzoq muddatli va barqaror aloqalar o‘rnatish uchun ishonchli hamkorlarni izlayapmiz. O‘zbekistonda xorijiy kompaniyalarning faoliyat ko‘rsatishi uchun mavjud sharoitlarni hisobga olib, biz bu yerda loyihalarimizni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganmoqdamiz», — deydi Mohamed Alhas.

Tomonlar aloqalarni ishchi tartibda davom ettirishga kelishib oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq