IUT va KSMCS matematikani rivojlantirish yo‘lida hamkorlik qiladilar
30.07.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2018-yilning 30-iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) va O‘qituvchilar uchun matematika madaniyatini tatqiq etish Koreya jamiyati (KSMCS) o‘rtasida matematika sohasida tajriba almashish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Mazkur hujjat 2018-yilning 30-iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida boshlangan Ikkinchi o‘quv-amaliy «Ajoyib matematika» festivali doirasida imzolandi.

Hujjatni IUT ning birinchi prorektori Cho Vu Sug va O‘qituvchilar uchun matematika madaniyatini tatqiq etish Koreya jamiyati Prezidenti Kim Mun Su imzoladilar.

Kelishuv doirasida tomonlar talabalar va o‘qituvchilar orasida matematikani rivojlantirish borasida tashabbus va tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishib oldilar.

Bundan tashqari, O‘qituvchilar uchun matematika madaniyatini tatqiq etish Koreya jamiyati tomonidan O‘zbekistondagi matematika o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha turli treninglar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq