O‘zRTXB” AJ va “BUTB” OAJ AKT sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldilar
29.07.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

«O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi» mutaxassislari Minsk shahrida «Belarus universal tovar birjasi» OAJga tashrif uyushtirdilar.

Mazkur tashrif 31-may kuni Toshkent shahrida “O‘zRTXB” AJ va “BUTB” OAJ o‘rtasida imzolangan kelishuv doirasida o‘tkazildi. Hujjat savdo-iqtisodiy va marketing axborotlarini almashish, birgalikda tadbirlarni o‘tkazish, O‘zbekiston va Belarus xo‘jalik yurituvchi subyektlari o‘rtasida biznes aloqalarni rivojlantirish va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi.

O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi xodimlarining “BUTB” OAJ markaziy binosiga tashrifi chog‘ida mutaxassislar birja faoliyati, birja savdolarida ishtirok etish tartibi, hisob-kitob amaliyoti va birja kelishuvlari bo‘yicha majburiyatlar bajaralishining nazorati mexanizmi bilan tanishib chiqdilar. O‘zbekistonlik mutaxassislar, shuningdek, Belorussiya birjasining savdo infrastrukturasi va dasturiy majmuasi bilan ham tanishdilar.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra birja va auksion savdolarni amalga oshirish jarayoniga AKTni joriy qilish va kiberxavfsizlikni kuchaytirish sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq