«Ajoyib matematika» festivali o‘z ishini boshladi
29.07.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Inha universitetida 2018-yilning 28-iyul kuni «Ajoyib matematika» festivali ochildi.

Festivalning asosiy maqsadi matematikaning mo‘jizalarini namoyish etish va matematika juda qiziqarli fanligini namoyish etish va ushbu fanni o‘qitish hamda o‘rganish qiziqarli ekanini ko‘rsatishdan iborat.

«Ajoyib matematika» festivali maktab va boshqa ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari, matematika o‘qituvchilari hamda ushbu fanga qiziqqan va sevganlarga mo‘ljallangan.

Tadbirda ishtirok etish uchun Koreya Respublikasidan 25 nafar matematika bo‘yicha professor va o‘qituvchilar tashrif buyurganlar. Ular festival doirasida 25 ta matematika stendlari taqdim etdilar.

Uch kun davomida Janubiy Koreyadan kelgan mutaxassislar stendlarda turli pazllar, mashqlar va misollarni bolalarga taqdim etadilar va o‘z bilimlari bilan bo‘lishadilar. Tadbir davomida bolalar uchun tanlovlar va matematika bo‘yicha xorijiy mutaxassislarning ma’ruzalari ham tashkil etiladi.

Festival doirasida “Dasturlash soati” aksiyasi tashkil etiladi. Aksiya davomida bolalar dasturlash asoslariga bag‘ishlangan bir soatlik bepul darsda ishtirok etishlari mumkin.

Bu haqda IUT prorektori Turdimurod Tursunmuratov shunday dedi: “O‘zbekiston rahbariyati ta’lim tizimi, jumladan, STEM-ta’limni, rivojlantirishga katta ahamiyat bermoqda. «Ajoyib matematika» festivali bizning yosh avlod bilimlarini oshirishga qo‘shgan hissamizdir. Umid qilamanki, festivaldan keyin yanada ko‘proq bolalar matematika bilan shug‘ullana boshlaydilar”.

“Ushbu imkoniyatdan foydalanib, men ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan tashkilotlarga minnatdorlik bildiraman. Bolalarning ta’limiga sarmoya yo‘naltirsak, biz buyuk kelajagimizni ta’minlaymiz”, — dedi u.

Festival Toshkent shahridagi Inha universiteti, Janubiy Koreyaning Inha universiteti hamda Koreyaning o‘qituvchilar uchun matematika madaniyatini tadqiq etish jamiyati tamonidan tashkil etilyapti. Festival O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Korzinka.uz supermarketlar tizimi va «Mercury Services» kompaniyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanyapti.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq