TomTom va Yergeozekadastr qo‘mitasi sayyoxlar uchun mo‘ljallangan O‘zbekiston navigatsion xaritasini yaratadilar
28.07.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

25-iyul kuni Yergeodezkadastr qo‘mitasi (O‘zbekiston) va TomTom kompaniyasi (Xollandiya) vakillari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda xamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kompaniya bosh menejeri Frans-Shtefan Vaygl va shirkatning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy mutaxassisi Luqmonjon Dadojonov ishtirok etdilar.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonning sayyoxlik saloxiyatini oshirish maqsadida maxalliy navigatsion xarita yaratish bo‘yicha xamkorlik o‘rnatish masalalari muxokama qilindi. Tomonlar smartfon, avtoulov navigatorlari, shaxsiy navigatorlar va veb-ilovalar uchun marshrutni rejalashtiruvchi navigatsiya xaritalarini yaratish bo‘yicha xamkorlik memorandumini imzolashga, shuningdek qo‘mita xodimlarining saloxiyatini oshirishga kelishib oldilar.

Navigatsiya xaritasi sayoxatchilarga yul va sayyoxlik belgilarini topishda, diqqatga sazovor bo‘lgan joylar, mexmonxona va restoranlarga borish yo‘nalishini aniqlashda, shuningdek, sayyoxlik yo‘nalishlarini rejlashtirishda amaliy yordam berishi ko‘zda tutilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatning turistik jozibadorligi va saloxiyatini oshirishga xizmat kiladi.

TomTom kompaniyasi yetakchi xalqaro brend bulib, kompaniya maxsulotlari kuniga 800 milliondan ortiq xaridor tashrif buyuradigan dunyoning turli bozorlarida sotiladi. Dunyodagi eng yirik telekommunikatsiya kompaniyalaridan biri bo‘lgan «Apple» shirkati TomTom xaritalarini o‘zining barcha mobil qurilmalariga o‘rnatilgan navigatsiya dasturida qo‘llash uchun tanlab

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq