Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi harbiy qismga tashrif buyurdi
28.07.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 28-iyul kuni Toshkent shahri Mirobod tumanidagi harbiy qismga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbariga harbiy qismda amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari, mudofaa tizimidagi aloqa tarmoqlarini modernizatsiya qilish, jangovar va o‘quv-tayyorgarlik jarayonini avtomatlashtirishga doir loyihalar haqida ma’lumot berildi.

Mudofaa tizimida eng asosiysi – aloqa. Bu tizimni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash, aloqa xavfsizligini chuqur biladigan mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha yangi strategiya ishlab chiqish kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Askarlar orasidan texnik-muhandislik qobiliyatiga ega yoshlarni saralab olish, aloqachi mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan o‘quv yurtlaridagi ta’lim va amaliyot dasturini takomillashtirish, harbiylarni zamonaviy raqamli texnologiyalar bo‘yicha o‘qitish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Davlatimiz rahbari mudofaa vazirligi qo‘shinlarida mavjud aloqa texnikalari namunalari bilan ham tanishdi. Harbiy qismda askarlarning xizmatni o‘tashi uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, ular bilan suhbatlashdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq