Prezidentning Virtual qabulxonasi to‘liq rejimda ish boshladi
27.07.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Joriy yil 26-iyuldan Prezidentning Virtual qabulxonasi to‘liq rejimda ish boshladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 1-fevralda sinov rejimida Prezident Virtual qabulxonasi dasturiy tizimining yangi talqini ishga tushirilgan edi. Virtual qabulxonaning faoliyati davomida shu kunga qadar tizimga 2 211 396 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 2 050 260 tasi tegishli organlar tomonidan ko‘rib chiqilgan.

Virtual qabul qilishning asosiy xususiyatlari:

— Fuqaro Virtual qabulxonada o‘z shaxsiy kabinetini ochishi mumkin;

— Ko‘p beriladigan savollarga batafsil javoblar olish;

— Portal orqali onlayn rejimida huquqiy maslahat olish;

— Davlat organlari rahbarlariga Prezident Virtual qabulxonasi orqali ham murojaat yo‘llash;

— Xalq qabulxonalari haqidagi barcha ma’lumot bilan portal orqal ham tanishish;

— Mahallangizni ko‘rsating va muammolar yechimiga hissa qo‘shish;

— Ta’qib bo‘lsa, tezkor xabar berish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi — jamiyatda mavjud
muammolarni hal qilishning samarali vositasidir.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq