O‘zbekistonda Qozog‘istonning yirik chipta operatori «Tiketon» vakolatxonasi ochildi
27.07.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2018-yilning 27-iyul kuni Toshkent shahrida Qozog‘istonning yirik chipta operatori «Tiketon» vakolatxonasi ochildi. Shu munosabat bilan O‘zbekistonning internet muhiti yana bir imkoniyatga ega bo‘ldi. Bu esa mamlakatda elektron tijoratning rivojlanishini kuchaytiradi, desak, aslo yanglishmaymiz.

«Toshkentda vakolatxonaning ochilishi «Tiketon» kompaniyasi siyosatining bir qismi sanaladi. Biz ushbu hududning istiqboli porloq ekanligini bilamiz, uning imkoniyatlarini yuqori baholaymiz va aholining rivojlanish darajasini oshiradigan tadbirlarga chiptalar sotib olish jarayonini yanada soddalashtirish evaziga hududda madaniyat darajasini ko‘tarishga harakat qilyapmiz», — deydi Ticketon.kz xizmati bosh direktori Viktoriya Torgunakova.

Vakolatxona zimmasiga quyidagi vazifalar yuklangan:

— Madaniy va sport hodisalariga chiptalarni onlayn sotish;

— Barcha madaniy, sport va ko‘ngilochar tadbirlarga chiptalarni ham onlayn, ham oflayn tarzda sotish bo‘yicha elektron tizimdan foydalanishni ommalashtirish;

— Elektron tijorat tizimiga imkon qadar ko‘proq foydalanuvchilarni jalb qilish;

— Mamlakatning madaniy va sport obyektlari mavjud chipta-kassa tizimini modernizatsiya qilish, chipta xo‘jaligi infratuzilmasini shaffoflik va axborot uchun belgilanganlik darajasi yuqori bo‘lgan sifat darajasiga olib chiqish.

Iste’dodli xodimlar har doim «Tiketon» kompaniyasi muvaffaqiyatlariga tayanch bo‘lgan. Shuning uchun oldin O‘zbekiston «Elektron Xizmat» Markazi axborot xizmatiga rahbarlik qilgan Nelli Karimova O‘zbekistondagi vakolatxona rahbari etib tayinlandi. Nelli Karimovaning tajribasi uning aslida qay darajada bilimga egaligini ko‘rsatib beradi: u IDXYaP — Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalini («Elektron hukumat» tizimi elementlaridan biri) ishga tushirishda ishtirok etgan va yangi texnologiyalarni boshqaruv jarayonlariga joriy qilish va elektron xizmatlarni rivojlantirish strategiyalari haqida barchasidan xabardor.

«Mamlakatimizda «Tiketon» vakolatxonasini boshqarish men uchun nafaqat katta mas’uliyat, balki bilim va ko‘nikmalarimni amalda qo‘llash, shu bilan birga, O‘zbekistonda axborot texnologiyalarni rivojlantirishiga o‘z hissamni qo‘shish imkoniyatidir». — «Tiketon» vakolatxonasi direktori Nelli Karimova.

Eslatib o‘tish joizki, O‘zbekistonda «Tiketon» kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi «Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-5099-son Qaroriga muvofiq yaratilgan «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsion markaz rezidenti sanaladi.

Hozirdanoq kompaniyamiz orqali onlayn tarzda:

— O‘zbekiston sharoitida internet-marketing bilan 8 yildan beri muvaffaqiyatli ravishda shug‘ullanib kelayotgan Sergey Kim.

— Artur Pak-Vartanyandan tadbirkor va rahbarlar uchun «Samarali delegatsiyalash» kursi.

Ushbu tadbirlar uchun chiptalarni sotuvning yo‘lga qo‘yilishiga bag‘ishlangan aksiya davomida juda ma’qul narxlarda xarid qilishingiz mumkin! Yaqin kunlarda ushbu xizmat sotib olish mumkin bo‘lgan chiptalar ro‘yxatini kengaytirish, shuningdek, foydalanuvchilarga qulay bo‘lishi uchun to‘lov usullarini maksimallashtirish maqsadida faol tadbirlar ishlab chiqishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Tiketon» kompaniyasi chiptalarni elektron sotish bozorining 75 foizini egallagan holda Qozog‘istondagi chipta operatorlari bozorida yetakchi sanaladi. Mamlakatning muhim ahamiyatga ega barcha voqealariga chiptalarni onlayn sotish xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. Qozog‘istonda ushbu saytga bir kunda 15 ming faol foydalanuvchi tashrif buyuradi va 2018-yilning birinchi yarmida sotuv hajmi 4,5 million AQSh dollaridan oshib ketdi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq