«K-Data» agentligi IUT ga 500 ming dollarlik dasturni taqdim etdi
26.07.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Janubiy Koreyaning «Korea Data Agency» (K-Data) agentligi Toshkent shahridagi Inha universitetiga ma’lumotlar bazasining monitoringi va tahlil qilish uchun qariyb 500 ming dollarlik dasturiy ta’minotni taqdim etdi.

Bosh menejer Jun-xyun Li rahbarligidagi “K-Data” delegatsiyasi 2018-yilning 25-iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)ga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida “K-Data” agentligi IUT ma’muriyatiga «Wise Intelligence» va «Exem» tomonidan ishlab chiqarilgan ma’lumotlar bazasining monitoringi va tahlil qilish bo‘yicha bepul litsenziyalarni taqdim etdi.

Koreya kompaniyalarining dasturiy ta’minotlari ma’lumotlar sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash uchun foydalaniladi.

Janubiy Koreya delegatsiyasi tashrifi doirasida IUT ning birinchi prorektori Cho Vu Sug va “K-Data” agentligi Bosh menejeri Jun-xyun Li o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Hujjatga muvofiq, tomonlar ma’lumot sohasidagi talabalar va tadqiqotchilarning malakasi va ko‘nikmalarini birgalikda oshirishni mo‘ljallamoqdalar.

Shuningdek, IUT va “K-Data” agentligi ma’lumotlar sohasidagi qo‘shma tadqiqotlar va loyihalarni, shu jumladan, ochiq ma’lumotlar, ma’lumotlarni tahlil qilish, ma’lumotlarni boshqarish, ma’lumotlar sifati kabi boshqa sohalarda amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Hamkorlik sohalaridan biri axborot sohasidagi bilim, tajriba va axborot almashish uchun turli konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish bo‘ladi.

Universitetga tashrif davomida “K-Data” agentligi vakillari IUT dagi o‘quv jarayoni bilan tanishdilar. Shuningdek, ular IUT o‘qituvchilari va professorlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni shaxsan ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar.

“Korea Data Agency” Koreya Respublikasining davlat agentligi hisoblanadi. U axborot sanoatini rivojlantirish, ma’lumotlar yordamida yangi biznes yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish uchun ma’suldir. Agentlik, shuningdek, startap-loyihalarni inkubatsiya qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, Agentlik universitetlar uchun turli ma’lumotlar bazasi dasturlarini bepul taqdim etadi. “K-Data” agentligi ma’lumotlar bazalari asosida mutaxassislarni sertifikatlash bo‘yicha xizmatlarni ham ko‘rsatadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq