UZTELEKOM va AWCC (Afganistan) o’rtasidagi o’zaro bitim
25.07.2018
Rukn: Internet.
Muallif: Jurnal tahririyati.
2018-yil 24-iyulda «O’zbektelekom» AK va Afg’oniston Islom Respublikasining Afghan Wireless Communication Company (АWCC) telekommunikatsiya operatori rahbariyati bilan muzokaralar olib borildi.
Uchrashuvda hamkorlik memorandumi imzolandi va O’zbekiston / Afg’oniston xalqaro chegara punktlarida «O’zbektelekom» AK va AWCC tarmoqlari o’rtasida yangi xalqaro chegara qo’shma qurilishi bo’yicha bitim imzolandi. Ushbu bitim Afg’onistonga xalqaro internet tarmog’i xizmatlarini eksport qilish imkoniyatini beradi.
Muzokaralar davomida o’zaro telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish bilan bog’liq texnik va tijorat masalalari ham muhokama qilindi.
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Facebookda bo`lishmoq
Twitterga qo`shmoq
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq