O’zbekistonda yangi ko’p maqsadli bulutli platforma paydo bo’lishi mumkin
25.07.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning 24-iyulida «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazida AKT sohasida hamkorlik o’rnatish maqsadida «Middleware» (AQSH) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Chet el kompaniyasi Markaz hodimlariga ko’p maqsadli bulutli platforma «Corezoid»ni namoyish qilishdi. Bu platforma avtomatik va avtomatlashtirilgan jarayonlarni ishlab chiqish, yuritish, boshqarish, bajarish, kuzatish, monitoring qilish va optimallashtirishga mo’ljallangan.

Ta’kidlash joizki, platforma «Coreziod» turli sohalarda: moliyada (PrivatBank), internet-savdoda (www.allo.ua, www.alisa.ua), agro-sektorda (Холдинг ПриватАгро), mashxur mesenjerlarda bot-platforma sifatida (FB Messenger, Telegram) muvaffaqqiyatli qo’llanilmoqda.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik imkoniyatlari bo’yicha fikr almashishdi. Shuningdek, Markaz xodimlariga mamlakatning IT-sektorida kompaniyaning tayyor echimlaridan muvaffaqiyatli foydalanish uchun sohaga oid davlat hamda hususiy tashkilotlar bilan aloqalarni o’rnatish zarurligi to’g’risida tavsiyalar berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq