IUT va Inha matematika o‘qituvchilarini tanlovda ishtirok etishga chorlaydi
25.07.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) va Koreya Respublikasidagi Inha universiteti umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining matematika o‘qituvchilarini maxsus tanlovda ishtirok etishga chorlaydi.
Tanlov 28-30 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan «Ajoyib matematika» festivali doirasida tashkil etilmoqda.
Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar tanlov vazifalarini yuklab olishlari va ingliz tilida yechimni pr@inha.uz vа jnpark@inha.ac.kr elektron manziliga 2018-yilning 27-iyul kuni soat 17:00 ga qadar yuborishlari kerak. Ko‘rsatilgan muddatdan keyin yuborilgan ishlar tanlovga qabul qilinmaydi. Javoblar ingliz tilida bo‘lishi shart.
Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi 2018-yilning 30-iyul kuni «Ajoyib matematika» festivali doirasida o‘tkaziladi.
Tanlovning uch nafar g‘oliblari Koreya Respublikasidagi Inha universiteti tomonidan taqdim etilgan sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.