Rezidentlar yangiliklari: BePro IT Academy va Turkiyaning “Barikat” kompaniyasi kiberxavfsizlik bo‘yicha kurslarni yo‘lga qo‘yadi
24.07.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

BePro IT Academy kiberxavfsizlikka ixtisoslashgan “Barikat” yetakchi turk kompaniyasi bilan sheriklik to‘g‘risida kelishuv imzoladi. Hujjat yaqin vaqt ichida poytaxt o‘quv markazi bazasida IT-xavfsizlik bo‘yicha sertifikatsiyalangan kurslarni tashkil etish va o‘tkazishni nazarda tutadi.

“Barikat” kompaniyasi 2008- yilda tashkil etilgan. Kompaniya shtatida yuzdan ortiq texnik ekspertlar mavjud bo‘lib, ular butun dunyodagi 300 mijozga IT-xavfsizlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat beradilar, o‘qitadilar va texnologik xizmatlar ko‘rsatadilar. Mijozlar sirasida vazirliklar, armiya, harbiy-havo kuchlari, banklar, sug‘urta, sanoat, energetika, tibbiyot kompaniyalari va boshqalar mavjud. 2016- yil yakunlariga ko‘ra, “Barikat” Turkiyaning yirik IT-kompaniyalari 500taligida 46- o‘rinni egallaydi (2015- yilda 75- o‘rinda edi).

— O‘ta kuchli raqobat sharoitida konfedensial axborotni himoya qilish IT-mutaxassislarning asosiy vazifalariga aylandi, — deydi BePro IT Academy direktori Sabina Ermatova. – Har qanday korxona axborot xavfsizligini yuqori darajada ushlab turish nechog‘li ahamiyatli ekanligini tushungan holda, biz Turkiyaning to‘liq kiberxavfsizlik masalalariga ixtisoslashgan “Barikat” kompaniyasi bilan sheriklik kelishuvini tuzdik. Yaqin vaqtlarda o‘quv markazi bazasida kurslar ochiladi va ularda ekspertlar tinglovchilarga IT-xavfsizlik sohasidagi bilimlari va amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashadi.

Sertifikatlangan kurslar kiberxavfsizlik sohasidagi yangi kompleks yechimlarni ishlab chiqish va ta’minlash borasidagi mavzular va yondashuvlarning keng qamrab olinishi bilan ajralib turadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq