regulation.gov.uz ning yangi talqini ishga tushdi
24.07.2018
Rukn: Internet.
Muallif: .

O’zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalining yangi talqini 24-iyuldan o’z faoliyatini boshlaydi.

Bundan avvalgi talqin 23-iyulda joylashtirilgan hujjatlar muhokamasi yakuniga qadar, ya’ni 7-avgustga qadar faoliyat yuritadi, so’ngra ushbu talqin faqat arxiv sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Portalning yangi talqini qanday imkoniyatlarni taqdim etadi?

Foydalanuvchilar Yagona identifikatsiyalash tizimi yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali avtorizatsiyadan o’tgan holda Portal imkoniyatlaridan foyadalanishlari mumkin;

Foydalanuvchilar uchun alohida kabinet yaratilgan, ushbu kabinetda foydalanuvchiga qo’shimcha qulayliklar mavjud.

Interfeys 3ta tilda yaratilganligi uchun hujjat loyihalarini bir paytning o’zida uchta tilda joylashtirish hamda uchta tilda taklif qoldirish imkoniyati mavjud;

Qonunchilik jarayonidagi zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan holda Portalda Parlament uchun alohida sahifa yaratilgan bu yerda Senat yoki Qonunchilik palatasi tomonidan yaratilayotgan qonun loyihalari joylashtiriladi;

Foydalanuvchilar o’z xohishlariga ko’ra hujjatlarga o’z takliflarini anonim tarzda qoldirishlari mumkin;

Amaldagi qonunlar yuzasidan foydalanuvchilar o’z taklif va fikr mulohazalarini maxsus Forumda izhor etishlari hamda o’zaro fikr almashishlari mumkin;

Davlat tashkilotlari uchun ham hujjatlarni joylashtirish va ular bilan ishlash tartibi soddalashtirilgan.

Yaqin kelajakda huquqiy va tashkiliy masalalar hal etilgach ushbu Portal negizidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihlarining umumxalq muhokamasi va idoraviy kelishuv jarayonlarini bir paytning o’zida o’tkazish tartibini hamda “daromad va sarf-harajatlar tahlili” (cost benefit analysis) institutini joriy etish rejalashtirilgan.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq