Lyuminoid kostyumi bilan yorqin bayram
24.07.2018
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Bayramni tashkillashtirishga ijodiy yondashish barcha tashrif buyurganlar uchun yaxshi kayfiyat va xohlagan natijaga erishish (shartnoma tuzish, foydali aloqalarni yo‘lga qo‘yish) garovidir. Noyob Luminoid kostyumi – bu hech kimni befarq qoldirmaydigan va shubhasiz quvonch bag‘ishlovchi animator uchun bayram kiyimidir. Modelni ichki LED yoritgichlar bilan yoritilishi mahsulotning to‘liq yorqinlashishi ta’sirini yaratadi. Bundan tashqari, ijodiy yondashib ishlangan kosmik robot siz bilan muloqot qilish, buyruqlarni bajarish yoki tanlovlarda ishtirok etish, maxsus dinamik orqali suhbatlashish imkonini beradi.

Luminoid kostyumi quyidagi xususiyatlarga ega:

— libos skafandrining ichki yuzasi bo‘ylab maxsus LED RGB-lampalar joylashtirilib, jihozlangan.

— kiyim modeli maxsus DMX nazorat qilish moslamasi bilan jihozlangan, bu orqali animator yorug‘lik darajasiga moslashi yoki orqa fonning 24 faollashtirish zonasidan birini tanlashi mumkin.

— Kostyum bardoshli, eskirmaydigan chidamli plastikdan ishlangan (foydalanuvchi rangini: ko‘k, qizil, yashil va boshqalarni tanlashi mumkin). Birlashtiruvchi elementlar esa (kumush yoki oq) metalldan tayyorlangan. Ushbu model yengil va anatomik jihatdan qulay.

— Mahsulotni masofadan pult orqali boshqarish mumkin, chunki libos modeli korpusiga zarur rejimga o‘tish uchun xabar-signallarini qabul qiluvchi radiopriyomnik tikilgan.

— Kiyimda uchta o‘zgartirib turish mumkin bo‘lgan akkumulyator mavjud.

Luminoid kostyumining asosiy xususiyatlari

Agar siz ijodiy va noan’anaviy, uzoq vaqt davomida mehmonlar xotirasidan o‘chmaydigan mavzulardagi bayram oqshomlarini tashkil qilmoqchi bo‘lsangiz, unda o‘zgacha ko‘ngilochar bayramlar formatidan foydalaning. Luminoid kostyumiga ega bo‘lgan professional animatorlar sizning ommaviy nishonlanadigan bayramlaringiz yulduziga aylanadi! Mahsulotlar o‘zining ajoyibligi, ulardan foydalanish qulayligi va ko‘p funksionalligi bilan hayratlantiradi. Kosmik transformer nafaqat yorqin liboslari, balki mehmonlar ko‘zini quvnatuvchi yorqin jiloli ajoyib shu’lali chiroqlari bilan ham o‘ziga jalb etadi. Ichki LED RGB chiroqlari tufayli kostyumning ayrim alohida qismi yoki butunligicha barcha joylari vaqti-vaqti bilan yoritib turiladi. Bunda foydalanuvchi yoritish rejimlaridan birini tanlashi yoki masofadan boshqarish pultini ishlatishi mumkin.

LED kostyumi foydalanuvchi yoki DMX-kontrolleri tomonidan jamlanishi mumkin, bu orqali animator ma’lum bir vaqt davomida yoritish uchun modelning 24 zonasidan birini tanlaydi. Katta miqyosli bayramlar tashkil etilganda taklif etilgan mehmonlarni hayratga solish, ajablantirishni istaganlarga aynan mos keladi. Bundan tashqari, u juda qulay va samarali! Xuddi shu kostyumlar, dasturiy ta’minot yoki masofadan boshqarish bilan yuborilgan buyruqlarni aniqroq takrorlash uchun DMX signallarini qabul qiluvchi modullar bilan jihozlangan.

Ushbu model eskirmaydigan, chidamlilikni ta’minlaydigan maxsus jihozlarda ishlab chiqarilgan. Suvga bardoshli plastik maxsus rangli vinil plyonka bilan qoplangan, bu ranglarning yorqinligi va kontrastini aks ettiradi, shuningdek, erta rangsizlanish yoki yorilishdan himoya qiladi. Metall elementlar, ajralmas qismlarga bo‘lib, korroziyaga chidamli. Kostyumning vazni 10 kg bo‘lsa-da, kostyum yengil tuyuladi, bu animator yoki foydalanuvchi uzoq vaqt davomida libos ichida qolishida xavfsizlik va qulaylikni ta’minlaydi.

Mahsulot raqsga tushish, sakrash, erkin harakatlanish va elektron ovoz bilan muloqot qilish imkoniga ega. Model dinamik ovoz kuchaytirgich bilan jihozlangan. Qurilmaning ishlashi lityum-ionli batareyalar bilan ta’minlanadi, buning uchun zaryadlovchini alohida sotib olish kerak bo‘ladi. Bu mahsulotni ishlatish yoki boshqa joyga olib borish oddiy va sodda. Bu kostyum ham kattalar, ham bolalar uchun maqbuldir, faqat buyurtmadan foydalanuvchining o‘lchamiga mos modelni tanlash kerak. Mahsulotga ijobiy baho berilgan, hamma jihatlari, hatto eng kichik tafsilotlari ham juda qulay, ishlatishda osonligini ta’kidlaganlar. Bundan tashqari, kostyumni sotib olgan foydalanuvchilar, kiyimlarning issiq va qo‘pol emasligi, kiyishda mutlaqo qulay ekanligini alohida ta’kidlaganlar. Arzon narxi ijara shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida ham, sotib olish vaqtida ham barchaga o‘z bayramini yanada yorqinroq va ajoyib o‘tkazishga yordam beradi!

Kim Luminoid libosini yaratgan?

Mahsulot bir qarashda juda ijodiy yondashilganligi va g‘aroyibligi ko‘zga tashlanadi, shu jihati bilan boshqalardan farq qiladi. Agar nafaqat mashhur yulduzlarni, balki Luminoidning noyob kostyumlaridagi professional animatorlarni taklif qilsangiz, sizning korporativingiz, muhim ijtimoiy bayram tadbirilaringiz juda qiziqarli va ajoyib o‘tadi! Bundan tashqari, hech bir bola uning tug‘ilgan kunida kosmik transformer mehmon bo‘lishiga qarshilik qilmasa kerak. Ajoyib bayram tashkil etishda Lyuminoid va professional animatsiya barchaga katta quvonch bag‘ishlaydi va ijobiy taassurot qoldiradi. Lyuminoid kostyumi bilan bayram tashkil etish juda oson!

Manba: www.nanojam.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq