Yangilanish: My.gov.uz yangi rejimda ish boshladi
23.07.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz to‘liq rejimda faoliyat ko‘rsata boshladi. Shu kungacha resurs my2.gov.uz manzilida sinov rejimida ishlab kelayotgan edi.

Shu bilan birga, Yagona portalda uchta yangi xizmat faoliyati ham yo‘lga qo‘yildi. Bular — xususiy uy-joyi borligi/yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma olish (hozircha Toshkent shahrida), Ipoteka, bino va inshootlar, shuningdek yer uchastkasiga bo‘lgan ashyoviy huquqlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmati hamda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsatnoma olish xizmatlari.

Aytish joizki, aholiga qulaylik yaratish maqsadida, avvalgi murojaat hamda ularning nazorati portalning shu kungacha mavjud talqinida saqlab qolingan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq