Toshkent shahridagi Inha universitetida «Ajoyib matematika» festivali o‘tkaziladi
23.07.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Inha universitetida 2018-yilning 28-30 iyul kunlari «Ajoyib matematika» festivali o‘tkaziladi.
Festivalning asosiy maqsadi matematikaning mo‘jizalarini namoyish etish va matematika juda qiziqarli ekanligini namoyish etish va ushbu fanni o‘qitish va o‘rganish qiziqarli ekanini ko‘rsatishdan iborat.

Ushbu tadbir Toshkent shahridagi Inha universiteti, Janubiy Koreyaning Inha universiteti hamda Koreyaning o‘qituvchilar uchun matematika madaniyatini tadqiq etish jamiyati tamonidan tashkil etilyapti. Festival O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Korzinka.uz supermarketlar tizimi tomonidan qo‘llab-quvvatlanyapti.

«Ajoyib matematika» festivali maktab va boshqa ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari, matematika o‘qituvchilari hamda ushbu fanga qiziqqan va sevganlarga mo‘ljallangan.

Festivalda Janubiy Koreyaning turli ta’lim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan 25 ta matematika stendlari taqdim etiladi.

Uch kun davomida Janubiy Koreyadan kelgan mutaxassislar stendlarda turli pazllar, mashqlar va misollarni bolalarga taqdim etadilar va o‘z bilimlari bilan bo‘lishadilar. Tadbir davomida bolalar uchun tanlovlar va matematika bo‘yicha xorijiy mutaxassislarning ma’ruzalari ham tashkil etiladi.

Festival doirasida “Dasturlash soati” aksiyasi tashkil etiladi. Aksiya davomida bolalar dasturlash asoslariga bag‘ishlangan bir soatlik bepul darsda ishtirok etishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, birinchi ilmiy-amaliy «Ajoyib matematika» festivali 2016-yilning 6-8 yanvar kunlari tashkil etilgan edi. Uch kun davomida festivalda 5 mingdan ziyod kishilar ishtirok etdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq