Rolls-Royce ham uchadigan taksi ishlab chiqarishga kirishgan
23.07.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Bu EVTOL — gibrid samolyoti bo‘lib, u vertikal uchish va qo‘nishni amalga oshira oladi.

Rolls-Royce kompaniyasi uchuvchi taksi ishlab chiqarishni maqsad qilganini ma’lum qildi. Servisga mo‘ljallangan apparat Airbus va Uber’da ishlab chiqarilayotganlaridan farq qiladi, sababi u vertikal uchish va qo‘nishni amalga oshira oladigan gibrid samolyot bo‘ladi. Mazkur konsepsiya EVTOL (Electric Vertical Take Off and Landing) deb nomlandi.

Uchish va qo‘nish uchun qanotlari 90° ga buriladi. Gorizontal parvoz rejimida qanotdagi vintlari qarshilik va shovqinni kamaytirish uchun qanotida taxlanadi va apparat esa dumida joylashgan moslamalaridagi vintlar bilan harakatga keltiriladi. Vintlar elektr motorlari tomonidan aylantiriladi, energiyani M250 gaz turbinali motoriga ulangan 500 kVt quvvatga ega generator ishlab chiqaradi. Ishlab chiquvchilar vintlarni loyihalashda shovqin darajasini pasaytirishga uringanlar. Gibrid quvvat yoqilg‘i uskunasi atrof-muhitni ifloslantirish nuqtai nazaridan, o‘rganilmoqda, u faqat elektr energiyasidan foydalanadi, biroq mavjud infratuzilmadan foydalanishga va ko‘proq uzoq masofalarga parvozlarni ta’minlaydi. Maksimal parvoz oralig‘i – 800 km, tezligi 400 km/soat. Rolls-Royce kompaniyasining mazkur konsepsiyani keyingi o‘n yillikning birinchi yarmida seriyali ishlab chiqariladigan mahsulotga aylantirilishi mumkinligiga ishonchi komil.

Manba: www.rolls-royce.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq