NAO 6 –Aldebaran Robotics’dan yangi avlod gumanoid roboti
23.07.2018
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Yaponiya Softbank xoldingining bir qismi bo‘lgan Aldebaran Robotics kompaniyasi yangi odamsimon NAO6 roboti modelini taqdim etdi. Aslida, yangilangan gumanoidning tashqi qiyofasi deyarli o‘zgarmagan va avvalgi versiyalarining barcha funksiyalariga ega bo‘lsada, u yanada aqlli, harakatchan va yangi kiritmalari tufayli yanada barqaror ishlaydigan bo‘ldi.

Yangi NAO 6 robotining asosiy imkoniyatlari

Avvalgi NAO‘lar kabi, yangi apparat yuradi, raqs tushadi, o‘tiradi, predmet va buyumlarni ushlay oladi, to‘siqlarni aylanib o‘tish, turli mobil o‘yinlar o‘ynash va ta’lim roboti sifatida xizmat qila oladi.

Bundan tashqari, u elektron suratlar to‘plamiga ega bo‘lib, unga suratlar va videolarni suratga olish va odamlarning yuzlarini tanib olish imkonini beruvchi rivojlangan kamera tizimi o‘rnatilgan. Ichki mikrofonlar botning ovoz va tovushlarni tanib olishiga yordam beradi. Yangi NAO keng polosali zamonaviy mikrofonlar tufayli past ovozdagi gaplarni ham eshitishga qodir. Mo‘ljal olib yurish tizimi uni to‘siqlarga duch kelish va harakatlarni keng muhitda amalga oshirishga imkon bermaydi. Qo‘shimcha tizimlar orasida ma’lumotlarni uzatish uchun Wi-Fi tarmoqlari bilan aloqa mavjud. NAO 5 Evolutionning avvalgi versiyasi bilan taqqoslaganda, 6-modeli yanada kuchli bort komputeri bilan jihozlangan. U yanada murakkab vazifalarni bajarishga va xotira hajmining ortishiga qarab, ko‘proq ma’lumot olish imkonini beradi. Yangi NAO 6’ning harakatlari yengil va aniq, yangi dvigatellar tufayli akkumulyator batareyasi quvvatini tejashga yordam berdi.

NAO 6 ning funksional xususiyatlari:

Ishlab chiquvchilar robotning NAO 6 robotida haqiqiy insonning barcha funksional imkoniyatlarini maksimal darajada oshirishga harakat qilganlar. Nao yura oladi, o‘tiradi, joyidan ko‘tarilishi, raqsga tushishi, qo‘llari bilan narsalarni olish, to‘siqlardan qochish, tinglash, gapirish, yuzlarni, ranglarni, ovoz va tovushlarni tanishi mumkin.

Robot-android NAO 6 quyidagilarga ega:

— Zamonaviy servo motorlar o‘rnatilgan yengil va mustahkam tormoz qutisi, bu robotning uzluksiz va ishonchli ravishda, oyoq-qo‘llarni siljitib, muhitda harakatlana olishi;

— gumanoidning doimiy rejimida 1 soatdan 1,5 soatgacha ishlashini ta’minlaydigan keng lityum-ionli batareyaga egaligi;

— harakatlar va muvozanatni aniqlashtirish, to‘siqlar va narsalar orasidagi yo‘nalishlarni aniq belgilash, qo‘l bilan ushlab turganda kuchni hisoblash uchun sensorlar, sonar (sensorli, ultratovush, gyroskop, akselerometr, infraqizil, kuch sezgich datchik)lari mavjudligi;

— 2 ta yuqori aniqlikdagi 5 MP kameradan tashkil topgan ko‘rish qurilmasi, robotlashgan gumanoid yuzlar va ranglarni taniy olishi, fotosurat yoki video olishi mumkin;

— ovozlarni eshitish, tovushlarni tinglash uchun 4ta keng polosali mikrofondan iborat eshitish qurilmasi mavjud;

— 20 ga yaqin tilda, jumladan, rus, ingliz va xitoy tillarida musiqiy navolarni, ovozlarni va nutqlarni yetkazib beradigan 2ta kiritilgan dinamikasi mavjud;

— ma’lumotlar uzatish uchun Internetga yoki ulangan qurilmalarga Bluetooth va Wi-Fi, simsiz tarmog‘i Ethernet kartasi kabi simsiz aloqa shaklida muloqot qilish imkoniyati;

— Atom E3845 Quad Core 1,91 GHz gigagertsli protsessor, 4 Gbayt RAM operativ xotira va ma’lum bir dasturiy ta’minot dasturini yoki tashqaridan kelgan ma’lumotlarni tezlik bilan qayta ishlashga qodir 32 Gbaytli qattiq diskli kuchli tashqi bort kompyuteri;

— Linux platformasiga asoslangan dasturiy ta’minot;

— C++, Python, Java, MATLAB, Urbi, C, .Net dasturlash tili yordamida robotlashgan qurilma algoritmi imkoniyati;

— «Choregraphe» dasturi intuitiv moslamalari yordamida harakat algoritmi imkoniyati har bir tana qismi uchun belgilangan tushunarli interfeys va xususiyati bilan harakatlanish qobiliyati, 3D-proyeksiyasi, suhbatlar muharriri robotning ko‘rish funksiyasi unga oldindan kiritilgan belgilangan fayllarida saqlanadi;

— 25 daraja erkinlikka ega NAO 6 roboti harakatchanlik algoritmini tuzishda dasturchi juda ilhomlanganligi o‘z ifodasini topgan.

Manba: www.nanojam.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq