IT maktab 5-sinfga qabul imtihonlarini 2018-yilning 23-iyul kuni o‘tkazadi
23.07.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabi 5-sinfga qabul imtihonlarini 2018-yilning 23-iyul kuni o‘tkazilishini e’lon qiladi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab 2018 yilning 23 iyul kunli 2018-2019 o‘quv yiliga 5-sinfga o‘quvchilarni qabul etish uchun imtihon o‘tkazadi.

Kirish imtihonlari Beruniy ko‘chasi 41-uyda joylashgan “O‘zko‘rgazmasavdo” AJ ko‘rgazma savdo markazida bo‘lib o‘tadi.

Kirish imtihonlari yakunlariga ko‘ra, ixtisoslashtirilgan maktabning 5-sinfiga 60 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.
2018 yilning 22 iyul kuni “O‘zko‘rgazmasavdo” AJ ko‘rgazma savdo markazida xujjat topshirgan o‘quchilar va ota-onalar bilan imtihondan avval yig‘ilish o‘tkaziladi:

-yig‘ilishga ro‘yxatga olish soat 08:30 dan 09:30 gacha

-o‘quvchilar imtihon shartlari bilan tanishadilar.

Imtihonni o‘tkazish jarayoni:

— kirish imtihonni 2018 yil 23 iyul kuni “O‘zko‘rgazmasavdo” AJ ko‘rgazma savdo markazida bo‘ladi.

— imtihonga ro‘yxatga olish soat 8:30 dan-9:30 gacha

— imtihon boshlanish vaqti soat 10:00 da va tugashi 12: 00 da

— imtihon 120 daqiqa (matematika 1 soat, ingliz tili 45 daqiqa) davom etadi.

— har bir fan oralig‘ida 10-15 daqiqa tanaffus

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab qabul imtihonlari qoidalari:

— imtihon davlat tilida o‘tkaziladi.

— imtihon ishtirokchilarining yozma ishlari qabul komissiyasi tomonidan belgilangan baholash mezoniga ko‘ra tekshiriladi.

Imtihon ishtirokchilarga qo‘yiladigan cheklovlar va jazolar:

— ishtirokchilar aloqa va hisoblash moslamasi, ma’lumotnoma materiallar, yozma qaydlar va ma’lumotni uzatish yoki saqlash uskunalarini imtihon xonasiga olib kirishlari taqiqlanadi;

— imtihon xonasidan imtihon materiallarini qog‘oz yoki elektron shaklda olib chiqishlari hamda suratga olishlari taqiqlanadi.

— yuqorida ko‘rsatilgan uskunalarni va materiallarni imtihon ishtirokchilariga yetkazib berish taqiqlanadi.

Imtihon ishtirokchisi tomonidan yuqoridagi qoidalar buzilsa, imtihon oluvchi uni dalolatnoma tuzgan holda imtihondan chetlatish huquqiga ega.

Apellyatsiyaga ariza topshirish:

— o‘quvchilar yoki ularning ota-onalari (ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar) imtihon natijalaridan norozi bo‘lsalar, apellyatsiyaga 2 ish kuni muddatida yozma ariza topshirish huquqiga egadirlar.

Imtihon natijalarini e’lon qilish tartibi:

— imtihon ishtirokchilari to‘plagan ballari asosida ro‘yxatga kiritiladi.

— ro‘yxat yuqori balldan pastga qarab tuziladi va bu o‘quvchilarning reytingi hisoblanadi.

— reyting asosida yuqori ball to‘plagan 60 nafar o‘quvchi aniqlanadi.

— yakuniy natijalar hakamlar hay’ati bayonnomasi bilan tasdiqlanadi.

— bayonnomani hakamlar hay’ati raisi va a’zolari imzolaydilar.

Izoh:

— barcha imtihon topshiruvchilar imtihon kuni shaxsini tasdiqlovchi xujjati (tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma asl nusxasi) va qabul komissiyasi tomonidan berilgan ruxsatnoma bilan kelishlari talab etiladi.

— tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma yoki qabul komissiyasi tomonidan berilgan ruxsatnomasiz kelgan ishtirokchi imtihonga qo‘yilmaydi.

— o‘zlari bilan bittadan ruchka, qora qalam va o‘chirg‘ich olib kelishlari shart.

— Imtihon soat 10:00 da boshlanadi. 10:15 dan kechikib kelgan o‘quvchi imtihonga qo‘yilmaydi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq