AKT test sinovlarida shaffoflik va adolatlilikni ta’minlashga yordam beradi
23.07.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi “Respublika oliy ta‘lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3389 sonli qarorini bajarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan respublikamiz mintaqalarida joriy yil 10-iyuldan 17-iyulga qadar kirish test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan edi.

Test sinovlarini o‘tkazishda hamkorlik doirasida Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi qo‘llab-quvvatlashi asosida quyidagi tadbirlar o‘tkazildi:

— videkuzatuv kameralarini o‘rnatish bo‘yicha tadbirlar,

— Oliy ta’lim muassasalariga kiruvchilar uchun o‘tkaziladigan tadbirlarni yoritish uchun ekranlar.

O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab test imtihonlarini o‘tkazish uchun, pavilonlar, institutlar va kollej binolari, shuningdek, katta sig‘imga ega tashkilotlar binolari tayyorlab qo‘yildi. O‘tkazilgan tadbirlar natijasida test sinovlarini o‘tkazish uchun 1710 o‘ringa mo‘ljallangan 16 ta bino tayyorlandi.

10-iyuldan 17-iyulga qadar pavilonlardagi video kuzatuv kameralarini o‘rnatish uchun respublika viloyatlariga Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi xodimlari yuborildi.

O‘rnatilgan videokuzatuv kameralarinig umumiy soni 436 tani tashkil etadi.

Ta’kidlash zarurki, test sinovlarini topshirish jarayoni uzluksiz videokuzatuv ostida o‘tadi. Buning evaziga abituriyentlarnng ota-onalari test sinovlarining o‘tish jarayonini kuzata oladilar.

Barcha videoyozuvlar Davlat test markazida saqlanadi.

Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi xodimlari tomonidan videokuzatuv kameralarini o‘rnatishdan tashqari, pavilonga kirishda metallodetektorlar o‘rnatildi. Abituriyentlar shaxsini aniqlash (identifikatsiya qilish) maxsus uskunalari yordamida va metallodetektorlardan o‘tganlaridan keyin binoga kiritiladilar.

12-iyulda OTMga kiruvchilar umumiy soni 11 077 nafar abituriyentni tashkil etdi.

Kirish test sinovlarini o‘tkazish davrida, videokuzatuv kameralari evaziga bir qator abituriyentlar shpargalka, mobil telefonlari, shuningdek, «Master Card» mini naushniklaridan foydalanganliklari uchun imtihondan chetlashtirilgandilar.

Mazkur abituriyentlar test sinovlaridan o‘tish qoidalarini buzganliklari uchun test sinovlaridan chetlashtirilgan edilar.

Statistikaga muvofiq keyingi yillarda mamlakatimizda abituriyentlar soni 10 foizga o‘sgan. Jumladan, 2016-yilda abituriyentlar soni 663 ming, 2017- yilda — 729 mingdan ortiqni tashkil etgan. 2018-yilda oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshiradigan abituriyentlar soni 810 mingdan ortiqni tashkil etishi kutilmoqda.

Maxsus nazorat va videokuzatuv vositalarini joriy etish test sinovlarini o‘tkazishning shaffofligi va adolatliligi tufayli oliy ta’lim muassasalariga kiruvchi talabalarning sifatini oshiradi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq