Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab imtihonlari onlayn namoyish etiladi
22.07.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

23-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab 2018-2019 o‘quv yili uchun 5-sinfga qabul imtihonlari onlayn namoyish etiladi.

Ixtisoslashtirilgan maktab 2017-yilda faoliyatini boshlagandan beri qabul imtihonlarini ochiq va shaffof o‘tkazishga katta urg‘u berib kelmoqda.

«O‘zko‘rgazmasavdo» binosida bo‘lib o‘tadigan 2018-2019 o‘quv yili uchun 5-sinfga qabul imtihonlari live.inha.uz sahifasi va maktabning rasmiy Facebook sahifasi https://www.facebook.com/AlKhorezmiySchool/ orqali onlayn namoyish etiladi.

live.inha.uz sahifasi TAS-IX hududida joylashgan bo‘lib, u video oqimini yuklab olishning yuqori tezligini ta’minlaydi. Internet-provayderlarning ko‘pchiligi TAS-IX ga pul olmasliklarini inobatga olsak, foydalanuvchilar pullarini tejashadi.

Shu bilan birga, maktab ma’muriyati imtihonlarning shaffofligini ta’minlash uchun bir guruh ota-onalar kuzatuvchi sifatida imtihon zaliga taklif etadi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq