VR-qurilmalari bozori 27 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda
21.07.2018
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Bu yil virtual reallik (VR) orqali yetkazib beriladigan qurilmalar jahon bozorida 27 foizga o‘sadi, Oculus va HTC o‘rtasidagi raqobat esa kuchayadi. Bu haqda TrendForce analitiklari ma’lumot berdi. Ularning prognozlariga ko‘ra, 2018-yilda ishlab chiqaruvchilar 4,65 mln.ga yaqin VR-qurilma ishlab chiqaradilar, o‘tgan yili 3,65 mln. dona bo‘lgandi. Ular safiga kompyuter va o‘yin konsollariga ulanadigan gadjetlar, shuningdek, avtonom moslamalar kiradi.

Bu borada ekspertlar Sony yetakchilik qilishini aytmoqdalar, u o‘tgan yili 1,7 mln. dona PlayStation VR shlemini yetkazib bergandi, 2018-yilda esa yetkazib berish hajmi 2 mln. donagacha oshiriladi.

Facebook’ka kiruvchi Oculus kompaniyasi virtual reallik shlemini yetkazib berishni 700 dan 900 ming donaga yetkazadi. Kelasi yil ko‘rsatkich Santa Cruz modeli evaziga 1,3 mln. donaga yetishi mumkin, bozorda yaqin oylarda paydo bo‘lishi kutilmoqda. Oculus joriy muvaffaqiyatining omillaridan biri kompaniyaning Xiaomi bilan hamkorligi evaziga xitoy bozoriga chiqishidir.

VR-qurilmalari ishlab chiqaruvchilari orasidagi yetakchi uchtaligiga HTC kiradi, u o‘tgan yili 500 ming garnitura ishlab chiqqandi. 2018-yilda Tayvan kompaniyasi ushbu hajmni 100 ming donaga oshiradi. Bundan tashqari, analitiklar, Microsoft sheriklari virtual reallik bozorining istiqbollarini konservativ tarzda baholayotgani sababli, Windows Mixed Reality Headset garnitura yetkazib berish hajmini 250 dan 140 mingtagacha pasayishi taxmin qilinmoqda.

Manba: www.trendforce.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq