Avtomobil o‘rindiqlari haydovchining charchog‘ini sezadi
21.07.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yaponiyaning Sumitomo Riko kompaniyasi, transport vositasini boshqarayotgan haydovchining charchog‘i va mudroq bosayotganligini sezuvchi yangi texnologiyani ishlab chiqdi.

Texnologiya g‘oyasining mazmuni shundaki, haydovchi o‘rindig‘iga maxsus elektrodlar majmui kiritilgan. U avtomashinani boshqarish davrida haydovchining og‘irligining taqsimlanishidagi o‘zgarishlarni yozib boradi. Olingan ma’lumotlarga asoslanib, haydovchining o‘tirish vaziyati haqida xulosa chiqarish mumkin, bu esa charchoqni ko‘rsatadigan o‘zgarishlarni yoki mudroq holatining boshlanishini bilishga imkon beradi.

Bundan tashqari, tizim nazariy jihatdan, nafas olish tezligi va yurak urishi tezligi haqida ma’lumot olish imkonini beradi. Ushbu ma’lumot haydovchining hozirgi holatini aniqroq baholashga yordam beradi. Agar tizim haydovchining uxlab qolish ehtimoli yuqoriligini sezgan bo‘lsa, masalan, baland ovoz yoki o‘rindiqning tebranishi bilan xavf signali berilishi mumkin. Nazariy jihatdan texnologiya avtotransport vositalarini avtomatik ravishda, yo‘ldan chetga chiqarib va to‘xtatib qo‘yish uchun faollashtirilishi mumkin. Sumitomo Riko kompaniyasi avtomobillarni ishlab chiqaruvchilar bilan avtomobillar va tizimni qo‘llash borasida muzokaralar olib bormoqda. Yangilik 2021-yilgacha savdo bozoriga chiqarilishi mumkin.

Manba: http://techon.nikkeibp.co.jp

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq