«O‘ZBEKTELEKOM» AK O‘zbekiston operatorlari va provayderlari uchun Internet-kanal tariflarini pasaytirdi
20.07.2018
Rukn: Internet.
Muallif: .

2018-yil 10-iyuldan Xalqaro paketli kommutatsiya markaziga ulangan operator va provayderlarga Internet-kanal tariflari 1 Mbit/s uchun 244 958 so‘mdan 176 682 so‘mga pasaytirildi.

Shuningdek, Transport magistralini ekspluatatsiya qilish markazi orqali ulangan O‘zbekiston Respublikasi operator va provayderlariga ham, sig‘im va hududidan qat’iy nazar, Internet kanal uchun narxlar pasaytirilib, Kompaniya tomonidan yagona tarif belgilandi.

Avvalroq, tarif 1 Mbit/s uchun ulanish hududi va kanal sig‘imidan kelib chiqqan holdan 410 000 so‘mdan 309 550 so‘mgacha narxlanar edi. 12 iyuldan boshlab hududi va sig‘imidan qat’iy nazar 1 Mbit/s uchun tarif narxi 265 000 so‘mni tashkil qiladi.

Ushbu qadam mintaqaviy internet-xizmatlar bozorini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.

Foydalanuvchilarda tug‘iluvchi savollardan biri: “Internet oxirgi iste’molchi uchun uchun arzonroq bo‘ladimi?“. Bahs va munozaralarning oldini olib shuni aytib o‘tish kerakki, iste’molchilar uchun Internetning oxirgi narxiga ta’sir qiluvchi qator omillar mavjud. Har bir provayder taqdim etuvchi xizmatlarining narxlarini mustaqil ravishda belgilaydi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq