Koreya texnoparklar assotsiatsiyasi MUIC uchun texnopark yaratish masalasi bo‘yicha konsultatsiya o‘tkazadi
20.07.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

MUIC direksiyasi Koreya Respublikasi texnoparklar assotsiatsiyasi raisi Jeyxun Li bilan uchrashdi. Tomonlar innovatsiya markazi qoshidagi poytaxt texnoparki loyihasini amalga oshirish doirasidagi kelgusi hamkorlikni muhokama qildilar.

Janob Je Xun Li MUICga kutilayotgan ishlarda amaliy ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi. Jumladan, konsepsiya ishlab chiqishda va IT-infratuzilma ob’ektini qurish davomida Assotsiatsiya yetakchi ekspertlaridan biri direksiya maslahatchisi bo‘ladi. Uning tajribasi yangi innovatsion g‘oyalarni jamlovchi, tijorat mahsulotlari ishlab chiqarishga ochiq va O‘zbekistonda startaplar ekotizimi muhim platformasi bo‘lishga chog‘langan texnoparkning maksimal natijaviyligini ta’minlovchi samarali mexanizmni yaratishda ko‘mak beradi.

Hamkorlikdagi yana bir yo‘nalish ilmiy-tadqiqot salohiyatini va startaplar ekotizimini rivojlantirish sanaladi. Koreya mutaxassislari bu boradagi faoliyatni infratuzilmani yaratish bilan barobar olib borish kerak deb hisoblaydilar.

Uchrashuv yakunida Mirzo Ulugbek Innovation Center va Koreya Respublikasi Texnoparklar assotsiatsiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi. Rasmiy marosim sentyabrning birinchi o‘n kunligida Seulda bo‘lib o‘tadi, u yerga ishchi tashrif bilan innovatsiya markazi delegatsiyasi safar qiladi. MUIC mutaxassislari 18 ta texnoparkni va sanoat rejalashtirish bo‘yicha mintaqaviy agentlikni o‘z ichiga olgan Assotsiatsiya faoliyati bilan tanishadilar. Assotsiatsiya vazifalariga texnoparklar va hukumat, mahaliy hokimiyatlar, xorijiy institutlar o‘rtasida texnoparklarni rviojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan aloqalarni o‘rnatish, tajriba almashinuvini tashkil etish, malaka oshirish, netvorking sohasida tadbirlar o‘tkazish va boshqalar kiradi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin koreyalik mutaxassislar Namangan viloyatiga tashrif buyurgandi. Koreya Respublikasi Texnoparklar assotsiatsiyasi raisi Jeyxun Li viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, shuningdek O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasida tadbirkorlar bilan uchrashdi. Delegatsiya vakillari Koreya Respublikasining texnoparklar tashkil etish va rivojlantirish borasidagi tajribasiga bag‘ishlangan taqdimotni o‘tkazdilar, shuningdek texnopark qurilishi boshlangan Kosonsoy tumanida bo‘ldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq