IUT ning qabul imtihonlarida 1,22 mingga yaqin abituriyentlar ishtirok etdi
20.07.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2018-yilning 19-20 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) ning qabul imtihonlarida 1219 nafar abituriyentlar ishtirok etdi.

Toshkent shahridagi Inha universitetining qabul komissiyasi 2018-yilning 25-may kuni boshlangan edi. Abituriyentlar 2018-yilning 12-iyul kuniga qadar onlayn rejimida yoki universitet binosiga shaxsan kelgan holda hujjat topshirishlari mumkin edi. Universitet binosida abituriyentlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan edi.

Mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlar qabul qilishning maxsus tizimi orqali abituriyentlarning barcha hujjatlari onlayn rejimda qabul qilindi. Tizim O‘zbekistonning barcha hududlaridagi abituriyentlarga o‘zlarining hujjatlarini Toshkentga bormasdan IUTga taqdim etishga imkon berdi.

Qabul jarayoni davomida universitetning onlayn tizimi orqali O‘zbekistonning turli hududlaridan 1,3 mingga yaqin yoshlar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 1219 abituriyent Koreya Respublikasining Inha universiteti tomonidan qabul qilingan kirish imtihonlarida ishtirok etish talablariga javob berdi.

Jumladan, 883 abituriyent “Kompyuter va dasturiy injiniring” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishni istagan bo‘lsa, 336 nafar talaba “Logistika” yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olishga xohish bildirishdi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti 2018-2019 o‘quv yilida 420 nafar talabani qabul qilishni rejalashtirmoqda. Xususan, universitet 300 nafar talabalarni “Kompyuter va dasturiy injiniring” hamda 120 nafarini “Logistika” yo‘nalishi bo‘yicha qabul qiladi.

Shu bilan birga, 2018-yil 19-iyunda o‘tkazilgan yakuniy imtihon natijalariga ko‘ra, Toshkent shahridagi Inha universitetining Uzluksiz ta’lim markazining tayyorgarlik kurslari bo‘yicha qirq bir nafar tinglovchisi universitet talabasi bo‘ldi. Ularning 34 nafari “Kompyuter va dasturiy injiniring” hamda 7 nafari “Logistika” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilindi. Shu bilan bir qatorda, ular grant o‘rinlari uchun kurashishlari ham mumkin.

Toshkent shahridagi Inha universitetiga qabul imtihonlari “O‘zko‘rgazmasavdo” binosida bo‘lib o‘tdi. Imtihonlar “Kompyuter va dasturiy injiniring” hamda “Logistika” yo‘nalishi bo‘yicha talabalar uchun alohida tarzda o‘tkazildi. Hujjatlarni “Kompyuter va dasturiy injiniring” yo‘nalishi bo‘yicha topshirgan abituriyentlar uchun qabul imtihonlari 2018-yil 19-iyul kuni bo‘lib o‘tdi. “Logistika” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishni xohlagan yoshlar 2018-yil 20-iyul kuni qabul imtihonlarida ishtirok etdilar.

“Kompyuter va dasturiy injiniring” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishni rejalashtirgan talabalar matematika va fizika bo‘yicha imtihonlarda ishtirok etdilar. “Logistika” yo‘nalishi bo‘yicha talabalar matematikadan misol va masalalar yechdilar.

Qayd etamiz, barcha imtihon savollari Koreya Respublikasidagi Inha universiteti professorlari tomonidan tayyorlangan edi. Savollar Janubiy Koreyadan muhrlangan qutilarga keltirildi va bevosita imtihondan oldin ochildi va abituriyentlarga tarqatildi.

Imtihondan so‘ng koreyalik mutaxassislar barcha imtihon varaqalarini yig‘ib olishdi. Ular kirish imtihonlari natijalarini umumlashtirish uchun imtihon savollariga javoblarni o‘zlari bilan Koreya Respublikasiga olib ketdilar. Yakuniy natijalar 2018-yil 6-avgustda e’lon qilinadi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti imtihon jarayonlarining shaffofligi va ochiqligiga katta e’tibor qaratadi.
Xususan, IUT kirish imtihonlarining shaffofligi va oshkoraligini ta’minlash uchun IUT maxsus live.inha.uz sahifada va universitetning “Facebook”dagi rasmiy sahifasi orqali jamoatchilik uchun onlayn rejimda namoyish etishni tashkil qildi. Sahifa TAS-IX hududida joylashganligi sababli, video oqimini yuklab olishning yuqori tezligini ta’minladi. Internet-provayderlarning ko‘pchiligi TAS-IX ga pul olmasliklarini inobatga olsak, foydalanuvchilarning pullari tejaldi.

Shuningdek, abituriyentlarning ota-onalari hamda barcha istovchilar IUT ning “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi — https://www.facebook.com/inha.uz orqali kirish imtihonlarini onlayn rejimda kuzatish imkoniga ega bo‘ldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq