Аmalga oshirilgan to‘lovlarni qaytarish jarayoni: POS-Terminallar “Tranzaksiyani bekor qilish” funksiyasini qo‘llab-quvvatlamoqda
20.07.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Yagona umumrespublika protsessing markazi mutaxassislari tomonidan ko‘p xususiyatli “Xalqaro to‘lov tizimi” nomli dasturiy ta’minot o‘rnatilgan barcha Uzcard POS-terminallarida “Tranzaksiyani bekor qilish” qo‘shimcha funksiyasi faollashtirildi.
Ushbu funksiya terminalda amalga oshirilgan xato tranzaksiyalarni hamda iste’molchi istagiga binoan, mahsulotni to‘lov punktiga qaytarish uchun to‘lovni bekor qilishda ishlatilati. POS-terminallarda Uzcard kartasi orqali kun bo‘ylab amalga oshirilgan tranzaksiyalar hisobi yuritilgunicha barcha tranzaksiyalarni bekor qilish imkoni mavjud.
To‘lov puktlari egalari uchun ma’lumot:
— ushbu dasturiy ta’minotni Uzcard POS-terminallariga o‘rnatish uchun Sizga xizmat ko‘rsatayotgan bankingizga murojaat qiling;
— “Xalqaro to‘lov tizimi” dasturi bir necha daqiqalarda o‘rnatiladi;
— yangi funksionalning qo‘llanmasi bilan tanishib chiqish o‘rinli;
— “Tranzaksiyani bekor qilish” operatsiyasini Uzcard kartalari orqali to‘lov amalga oshirilgan kuni davomida (ya’ni, bir kun ichida) amalga oshirish mumkin;
— “Tranzaksiyani bekor qilish” operatsiyasini xalqaro plastik kartalari orqali to‘lov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab 16:00 gacha amalga oshirish mumkin;
— “Tranzaksiyani bekor qilish” operatsiyasini Uzcard va xalqaro plastik kartalari uchun “Hisob-kitobni tekshirish” funksiyasi amalga oshirilgunicha qo‘llash imkoni mavjud;
— bahsli vaziyatlarda Sizga xizmat ko‘rsatayotgan bankingizga murojaat qilishingiz o‘rinli.
Yangi amaliyot Uzcard karta egalari uchun bir qator qulayliklarni namoyon qiladi:
— tranzaksiyaga tegishli chek taqdim qilinganida Uzcard, UnionPay va MasterCard plastik kartalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlarni bekor qilish imkoni;
— tranzaksiyaga tegishli chek taqdim qilinganida Uzcard, UnionPay va MasterCard plastik kartalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlarni bekor qila olish imkoni.
Ta’kidlash joizki, “Xalqaro to‘lov tizimi” dasturiy ta’minotini qo‘llab-quvvatlovchi barcha POS-terminallar UnionPay va MasterCard to‘lov tizimiga xizmat ko‘rsatuvchi plastik kartalariga Uzcard kartalari qatori xizmat ko‘rsatadi.