Toshkent shahridagi Inha universiteti kirish imtihonlarini onlayn rejimda namoyish etadi
18.07.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) 2018-yil 19-20 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan kirish imtihonlarini onlayn rejimda tomosha qilishni istaganlar uchun imkoniyat yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, IUT uchinchi marotaba ketma-ket kirish imtihonlarining shaffofligi va oshkoraligini ta’minlash uchun IUT maxsus sahifada va universitetning «Facebook»dagi rasmiy sahifasi orqali jamoatchilik uchun onlayn rejimda namoyish etishni tashkil qilmoqda.

IUT onlayn rejimda jamoatchilikka kirish imtihonlarini kuzatish imkoniyatini bergan O‘zbekistondagi birinchi universitetlardan hisoblanadi.

Har bir xohlovchilar http://live.inha.uz sahifasi orqali kirish imtihonlarini kuzatishlari mumkin. Kirish imtihonlari o‘tkaziladigan «O‘zko‘rgazmasavdo» zalida veb-kameralar o‘rnatilgan bo‘lib, ular barcha imtihonlarni onlayn rejimda namoyish etadi.

Sahifa TAS-IX hududida joylashgan bo‘lib, u video oqimini yuklab olishning yuqori tezligini ta’minlaydi. Internet-provayderlarning ko‘pchiligi TAS-IX ga pul olmasliklarini inobatga olsak, foydalanuvchilar pullarini tejaydilar.

Shuningdek, IUT «Facebook»dagi ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi — https://www.facebook.com/inha.uz orqali kirish imtihonlarini onlayn rejimda namoyish etadi.

Shuni ta’kidlash kerakki, IUT ma’muriyati kirish imtihonlari jarayonining ochiqligi va oshkoraligiga ishonch hosil qilishlari uchun ommaviy axborot vositalari vakillarini taklif qildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq