Endilikda O‘zbekiston bo‘ylab UZCARD POS-terminallar UnionPay kartalarini qabul qilmoqda
18.07.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
So‘ngi xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘yicha UPI kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi terminallar tarmog‘i o‘rtacha 150 000 tani o‘z ichiga oladi.
Shu bilan bir qatorda, aytib o‘tish joizki, bugungi kunda O‘zbekistonning bir qancha banklari UnionPay International xalqaro to‘lov tizimining ishtirokchilari hisoblanadi. Mazkur loyihaning kelajakdagi rivoji UZCARD banklararo to‘lov tizimi hamda UnionPay International xalqaro to‘lov tizimi o‘rtasidagi kompleks hamkorligi yo‘lida muhim strategik qadam bo‘lib xizmat qiladi.
2015-yil ma’lumotlariga ko‘ra, UnionPay International to‘lov kartalari dunyoning 150 dan ortiq mamlakatida qabul qilinadi, xususan, 1,1 mln bankomat va 12mln kommersantlarda. Kartalarning birlashgan emissiyasi 5mlrd.dan ortib ketdi, bu ko‘rsatkichlar natijasida UnionPay boshqa to‘lov tizimlarini ortda qoldirib, birinchi o‘ringa chiqib oldi.
Savdo nuqtalarining egalari diqqatiga: qo‘shimcha ma’lumot uchun Sizga xizmat ko‘rsatayotgan bankingizga murojaat qiling!